Noutbuk o‘rniga Slambook Dok-stansiyasi
24.12.2012
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

Zamonaviy smartfonlarning quvvatlari borgan sari ortib bormoqda va hatto ularning imkoniyatlari noutbuk hal qiladigan ko‘plab masalalarni hal qilish uchun ham to‘la yetarli bo‘lmoqda. Lekin faqat matnlar bilan ishlovchilar uchun noutbukni smartfon bilan almashtirishning iloji bo‘lmaydi, bunga birinchi sabab ekrani diagonali kichikligi va to‘laqonli klaviaturaning yo‘qligi ishni azobga aylantiradi. ClamCase kompaniyasidan Slambook ushub muammoning qulay yechimi bo‘lishi mumkin.

Gadjetning g‘oyasi oddiy — unga o‘z smartfoningizni ulaysiz (iOS yoki Android 4.0 va undan yuqori) va ishchi netbukiga ega bo‘lasiz. Katta ekrani, to‘laqonli klaviatura, internetdan va turli ilovalardan foydalanish imkoniyatlari (telefon orqali) — tarmoqda ishlash uchun deyarli barcha kerakli imkoniyatlar (va yuqoridagi rasmda ko‘rganingizdek faqat ishlashga emas) to‘plamiga ega bo‘lasiz.

Gadjetga ulangan smartfon quvvat oladi, shuning uchun yarim soat ishlagandan so‘ng barchasi o‘chib qoladi deb tashvishlanmasa bo‘ladi. Slambookda mustaqil ko‘p quvvat sarflovchi qo‘shimchaning yo‘qligi qurilmaga maksimal darajada ingichka va yengil bo‘lishiga imkon beradi, bu holat uning noutbuklardan ajralib turishiga imkon beradi (agar siz ultrabuklar deb o‘ylagan bo‘lsangiz, unda bu yerda narxi o‘z rolini o‘ynaydi).

Yangi mahsulot Yangi yil bayramiga paydo bo‘ladi, ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida hozirda $25 dollar chigirma taklif etilmoqda. Afsuski, Slambookning batafsil texnik ko‘rsatkichlari va narxini hozircha bilmaymiz.

Manba: www.clamcase.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq