Маktab partalarini katta planshetnikka aylantirmoqchilar
24.12.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Britaniya olimlari yangi «aqlli» partalar ustida tadqiqot olib bormoqdalar, ehtimol ular kelajakda oddiy stollarning o‘rnini bosishi mumkin. Mazkur stollar balki bolalar zerikkanda rasm chizish quroliga aylanar. Hozirgi davrdayoq tadqiqot ko‘p marotaba foydalanilishi mumkin bo‘lgan multitach texnologiyasida ishlaydigan partalar bolalarga matematikani o‘zlashtirishda yordam bermoqda, degan xulosaga keldilar.

8dan 10 yoshgacha bo‘lgan 400 nafar o‘quvchi ishtirok etgan uch yillik loyiha matematikani o‘rganishda multimediyali sensorli partalar an’anaviy daftarlarga nisbatan samarali ekanligini aniqlash imkonini beradi. Hamkorlik evaziga bolalar tezroq masalalarni yechish va javob berishda o‘zlarining ziyraklik, topqirlik va aqlli ekanliklarini namoyish etishga intiladilar.

Darem universiteti izlanuvchisi Liz Berdning fikriga qaraganda, tadqiqotning maqsadi bolalarni o‘qishda faol bo‘lishga qiziqtirish, hamkorlikda masalalarni yechish va ijodiy tafakkurlarini namoyish etishga hamda darsda ziyrak bo‘lishga hamda buning evaziga chuqur bilim olishlarini ta’minlashdan iborat. Partalar mebel sifatida qurilgan bo‘lib, tarmoq orqali birlashtirilib, asosiy interaktiv doskaga ulangan. O‘qituvchi o‘z vaqtida barcha partadan axborot lentasini qabul qiladi, bu esa unga guruh ishini to‘xtatmagan holda, o‘quvchi ishini nazorat qilish va unga aralashish imkonini beradi.

Aniqlanishicha, bolalarning qurilmaga qiziqishlari evaziga hamkorlikda o‘qishlari sababli o‘zlashtirishlari yanada yaxshilandi hamda ta’lim sifati va samarasi oshdi. Olimlar avvalgi an’anaviy ta’lim usulida bunday darajada ta’lim berish hamda shunday natijaga erishish imkoni yo‘q edi deb baholamoqdalar.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq