Ikki tomonli Spectacam sport kamerasi

Sport ekstremal turlari ishqibozlari mashg‘ulotlar va tryuklarni yozib olishga mo‘ljallangan yangi Spectacam kamerasini munosib baholamoqdalar.

Yangi mahsulot shlemga yoki boshqa bir kiyim qismiga mahkamlanadi va keyin tomosha qilish uchun alohida muhim holatlarni qayd etish uchun foydalanilishi mumkin. Bugungi yangi mahsulot avvalgi shunga o‘xshash qurilmalardan qarama-qarshi tomonlarga yo‘naltirilgan ikkita obyektivlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Shu tariqa, yangi kamera o‘tilgan yo‘nalishni yoki bajarilgan tryuklarni yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi, axir u o‘ylab qaralganda ikki barobar ko‘p ma’lumotlar taqdim etadi.

Bundan tashqari, Spectacam velosipedchi, motosiklchi va skuter haydovchilari uchun ajoyib videoregistrator vazifasini o‘tashi mumkin. Yangi kamera yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda orqa tomondagi barcha voqelikni suratga tushirib, bebaho ma’lumotlar berish imkoniga ega.

Yangilik smartfon bilan bog‘liq holda ishlaydi, unga Wi-Fi-modul vositasida ulanadi. Zarur holatda, orqasidagi obyektivda suratga olingan materiallarni telefon ekranida namoyish etish imkoniga ega. Smartfon uchun komplektga jamlanganlar ichida orqa tomonidagi yuqori texnologik ko‘zgusi funksiyalarni yanada samarali bo‘lishi va gadjetdan foydalanish imkonini beradi. SD-kartasida yozib olingan video saqlanadi. Spectacam batareyasining quvvati uch soatlik video yozuvga yetadi. Hozirgi vaqtda kamera faqat prototipdan iborat, biroq sotuvda yaqin orada paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system