Elеktron to‘lovlar tizimi takomillashadi

Joriy yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi va “O‘zbekistonda elektron tijorat tizimini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar” to‘g‘risida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi va “O‘zbekistonda elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalar” to‘g‘risida Markaziy Bank axborotlari tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi elektron tijorat va elektron to‘lovlar sohasi rivojiga mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilib, elektron tijorat va elektron to‘lovlar sohasini rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismiga aylandi.

Qo‘mita eshituvida ta’kidlanishicha, qabul qilingan mukammal qonunchilik baza va zamonaviy AKT negizida qurilgan infratuzilma tufayli mamlakatimizda elektron tijorat va elektron to‘lovlar sohasi rivojlanib, ushbu sohada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faol ishtiroki kuzatilmoqda. Sohaga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinib, undan faol foydalanilmoqda, bank muassasalari tomonidan Internet tarmog‘i va mobil aloqa orqali masofadan xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijorat va elektron to‘lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanganligi tufayli tijorat ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyat yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshishida asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlab toribdi.

Respublikamizda «Uzkart» banklararo to‘lov tizimi joriy qilinib, 30 ta tijorat banklarining to‘lov tizimlari birlashtirib mikrochim modulli bank kartalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirmoqda. Banklar tomonidan masofadan turib turli xil bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Joriy yil boshida plastik kartochkalar soni 8276490 ta tashkil qilgan bo‘lsa, 1-noyabr holatiga esa ushbu ko‘rsatkich 8683017 ta tashkil qilmoqda. Ushbu taqqoslash davrida savdo terminallari 99688 tadan 112661 osdi, bank kisokalari esa 1082 taga yetdi. Banklar tomonidan masofadan turib hisob raqamlarni boshqarish ishlarida ijobiy natijalar kozatilib, 1-noyabr holatiga “Internet-banking” foydalanuvchilari 36144 taga “SMS-banking” foydalanuvchilari esa 44568 taga yetdi.

Mamlakatda tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi, avtotransport vositalari va tranzit tovarlarni avtomatik tarzda nazorat qiluvchi yagona tizim joriy qilingan. Elektron tarzda deklaratsiya qilish portali yaratildi. O‘zbekiston eksportchilarining Internetdagi portali “Exrorter.uz” ishga tushirilgan bo‘lib, bugunda 1655 mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 5700 tovarlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirilib, ulgurji savdoning 40 foizi birja savdolari orqali elektron shaklda amalga oshiriloqda.

Sohada ijobiy ishlar bilan bir qatorda, huquqiy va tashkiliy jihatdan foydalanilmagan imkoniyatlar ham mavjuddir. Ushbu holat elektron tijoratning V2V (“biznes-biznes”) sektori rivojlanmaganligi, davlat organlarining elektron tijoratda ishtiroki sustligi, TIAISV, Bank, Bojxona tomonidan elektron shaklda tuzilgan kontraktlarni qayd qilish, monitoring va nazorat qilish ishlari yolga quyilmaganligi, mahalliy tovarlar elektron pasporti davlat standartlari ishlab chiqilmaganligini, elektron raqamli imzo ishonchli (uchinchi) tomoning yagona markazi yaratilmagani, elektron tijorat sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalari, “on-layn” terminal infratuzilmasini yanada rivojlantirish, elektron tijoratni sug‘urtalash masalasidagi muammolarni ayta olamiz.

Qo‘mita yg‘ilishida bir qator tavsiyalar bildirildi, xususan, elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimining iqtisodiy va texnologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilash, sohada faoliyat yurituvchi subyektlarga soliq imtiyozlarini berish, elektron tijorat Internet-platformasini davlat darajasida rivojlantirish va uni xalqaro platformalar bilan integratsiya qilish, “Tovarlarning elektron pasporti” davlat standartlarini qabul qilish, axborot tizimlari va moliyaviy tshlovlar mahfiyligini ta’minlash tizimini yanada takolmillashtirish, amaldagi qonunchilikni milliy va xorijiy tajtibalar asosida takomillashtirish tavsiyalari bildirildi.

Qo‘mita a’zolari – siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraktsiyalari vakillari ozlarining saylovoldi platformalari va harakat dasturlaridan kelib chiqib, muhokama etilayotgan masalalarga doir ozlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Xususan, O‘zLiDeP fraktsiyasi a’zolari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga elektron to‘lovlar va elektron tijorat tizimidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratib berashga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish lozimligini ta’kidlab, elektron tijorat, elektron to‘lov tizimidan samarali foydalanish, sms-banking, mobil to‘lovlar tizimini tezkorlik bilan joriy etish, shu bilan birga, elektron biznesning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan dastur va loyihalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini aytib otishdi.

O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi vakillari o‘z chiqishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida maqsadli yo‘nalishlarga erishish maqsadida davlatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot resurslariga ommaviy ulanishni ta’minlovchi infratuzilmani rivojlantirish, axborotlashtirish vositalari, axborot mahsulotlari va xizmatlarini monitoringi va tahlilini o‘tkazish, shu jumladan, axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish, sertifikatsiyalash va litsenziyalash tizimlarini rivojlantirish lozimligi to‘g‘risida fikr bildirdilar.

“Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunlarni ijro etishda paydo bo‘layotgan muammolarni muvaffaqiyatli hal etish maqsadida milliy axborot resurslari va texnologiyalarni shakllantirish, Internetda o‘zbek tilidagi segmentni rivojlantirish, axborot va telekommunikatsiya xizmatlarining yangi turlarini yaratish hamda Internet-savdo sohasida bevosita bank mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi kadrlarni o‘qitish lozim, deb “Milliy tiklanish” DP fraktsiyasi a’zolari ta’kidlab o‘tdilar.

“Adolat” SDP dasturida zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarni jamiyatning barcha sohalariga faol joriy etish, Internent tarmog‘i orqali turli interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishni rivojlantirish ko‘zda tutilgani bois, ushbu partiya vakillari elektron tijorat va elektron to‘lov to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishda, nafaqat tadbirkorlik subyektlarini, balki aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olish lozimligi ta’kidlab, elektron to‘lov tizimi samaradorligini oshirishda har bir oilani kompyuterlashtirishni rivojlantirish zarurligini, elektron tijoratni rivojlantirish borasida innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar. Ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Manba: http://parliament.gov.uz/uz/events/other/7803

Orphus system