Clip Holding – konseptual ekologik fonarik

Shanksi fan va texnologiyalar universiteti (Xitoy) mutaxassislari guruhi qiziqarli Clip Holding konseptini kashf qildilar. Clip Holding qurilmasi shakli bo‘yicha qalin qisqichni eslatadi, lekin aslida u ekologik fonarik hisoblanadi. Yangi mahsulotning bir tomonida, quyosh paneli, ikkinchi tomonida — svetodiodli panel joylashtiriladi. Kun davomida gadjet quvvat jamlaydi, tunda esa uni nur sifatida tarqatishga tayyor — buning uchun shunchaki tugmani bosish kerak.

Insoniyat allaqachon stol lampalarini ixtiro qilib bo‘lganku — deb ayta ko‘rmang! Birinchidan, Clip Holding quvvat olish masalasida juda samarali — u umuman elektr quvvatini sarflamaydi. Ikkinchidan, u dala sharoitlarida juda kerak bo‘ladi — u yerlarda qo‘l ostida batareyalarga bog‘liq bo‘lmagan yoritish asboblariga ega bo‘lish har doim foydali. Uchinchidan esa, agar siz tunda yursangiz, o‘zingiz bilan Clip Holding qurilmasini olib yurishingiz mumkin.

Manba: www.mobbit.info

Orphus system