Classic Match Foosball — iPad uchun qo‘shimcha

New Potato Technologies kompaniyasi virtual stol futbol o‘yini uchun Classic Match Foosball qo‘shimchasini ishlab chiqardi. Maza qilib o‘ynash uchun iPad qurilmasiga ega bo‘lish, $99 dollarga stolning o‘zini sotib olish va iPad uchun Classic Match Foosball ilovasini o‘rnatish zarur bo‘ladi.

Planshet Classic Match Foosball qo‘shimchasiga o‘rnatiladi, uning ekrani o‘yin maydoni bo‘lib xizmat qiladi, richaglar yordamida esa futbolchilarni boshqarish mumkin bo‘ladi. Qurilma yaratuvchilari o‘yinda to‘rt o‘yinchilar ishtirok etishlari mumkinligini aytadilar. O‘yin juda stol futbolini eslatadi, ammo qurilmangizdagi ekranda virtual o‘yinchilar bo‘ladi. Classic Match Foosball 30-kontaktli razyomga ega va shuning uchun faqat iOS 5.0 va undan yuqori operatsion tizimli iPad, iPad 2 va uchinchi avlod iPad planshetlari uchun mo‘ljallangan.

Manba: www.mobbit.info

Orphus system