Chobi Cam Pro 2: tunda suratga olish tizimi bilan eng kichkina kamera

Tunda ko‘rish asboblari yaqindagina oddiy insonlar xayolida unchalik ko‘rimsiz ko‘zoynaklari va kamerasi bilan go‘yo katta harbiylar uskunalari kabi tasavvur qilinardi. Ushbu asboblar shunchaki katta va xunuk bo‘lishidan tashqari, ular og‘ir bo‘lganlar va kichik bir avtomobil kabi narxga ega bo‘lgan. Vaqt o‘tib boradi va ular bilan birga texnologiyalar ham o‘zgaradi, texnologiyalar ortidan juda ixcham tungi kuzatish kameralari paydo bo‘ladi.

Chobi Cam Pro 2 nomini olgan kamera mana shunday qurilmalarga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu juda kichik kamera Full HD zichlikdagan, ya’ni 1920 x 1080 piksellarda video suratga olishni ta’minlaydigan, obyektiv atrofi bo‘ylab joylashtirilgan infraqizil svetodiodlar esa juda bo‘sh yoritilgan, ya’ni to‘la qorong‘ilik sharoitlarda suratga olish imkonini beradi.

Qurilma fotosuratlarni amalga oshirishi mumkin, korpusida mikrofon uchun teshik mavjud, Chobi Cam Pro 2 videosuratga olishdan tashqari, WAV formatida ovoz yozishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar 32 Gbaytgacha sig‘imli microSD formatli xotira kartasiga yoziladi. Kompyuter bilan ishlash va o‘rnatilgan akkumulyatori zaryad olishi USB porti orqali amalga oshiriladi. GeekStuff4U internet-do‘konida Chobi Cam Pro 2 kamerasi $109,80 narxda sotiladi.

Manba: www.geekstuff4u.com

Orphus system