ThinkGeek’dan qo‘lqop-garnitura
21.12.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Kalendarda qish fasli va an’anaviy qishki gadjetlar — qo‘shimcha funksiyalar bilan qo‘lqoplar haqida o‘ylashning ayni vaqti. Bu gal isitish bilan yoki sensor ekranlari bilan ishlash uchun maxsus nuqtalari bilan vesiyalari haqida emas, balki, simsiz garnitura hisoblanuvchi qo‘lqoplar haqida gap boradi.

Yuqoridagi fotosuratga qarasangiz «telefonda so‘zlashayapman» deyilayotganligini yaqqol tushunib olasiz, chunki fotosuratdagi qiz haqiqatda so‘zlashmoqda. Dinamik va mikrofon qolqop barmoqlariga o‘rnatilgan. Tashqaridan qaraganda, unchalik qulay emas va albatta g‘alati tuyuladi, lekin bu holat gadjetlar ishqibozlarini qachon to‘tata olgan?

Qolqoplar sig‘imli sensorli displeylar bilan osongina aloqada bo‘lishi mumkin. Telefonga ulash 12 metrgacha kenglikda BlueTooth orqali amalga oshiriladi. O‘rnatilgan akkumulyatori (microUSB orqali quvvat oladi) kutish rejimida 10 kun davomida ishlashga yoki so‘zlashish rejimada 20 soatga yetadi. Qolqopni ThinkGeek do‘konida $69.99 dollarga xarid qilish mumkin.

Manba: www.thinkgeek.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq