SMS-xabarlariga 20 yil to‘ldi
21.12.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

20 yil avval, 1992-yil 3-dekabr kuni Buyuk Britaniyada SMS asri boshlandi. Shu kuni kompyuterdan telefonga ikki so‘zdan — kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab birinchi SMS-xabar jo‘natildi. O‘tgan yillarda ko‘p sonli kommunikatsiya yangi kanallari paydo bo‘lganligiga qaramay, matnli xabarlar eng ommaviy muloqot vositasi sifatida qolishda davom etmoqda.

Mоbil telefoniya va SMS-xabarlar uzatish xizmatlari oldindan haq to‘lash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish biznes-modellari ishlab chiqilishi va joriy etilishidan so‘ng ommaviylasha boshladi. Ericsson kompaniyasi haqiqiy vaqtda SMS-xabarlarni uzatish uchun haq undirishni mumkin qilganlar birinchilari orasida bo‘lgan, buning natijasida ushbu xizmat ommaviy tus oldi. 1995-yilda xabarlar uzatish xizmati rivojlanishi boshida bir abonentga oyiga o‘rtacha atigi 0,4 xabarlar to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2011-yilda taxminan 10 trln. xabarlar jo‘natilgan. Ericsson haq undirish tizimlari bilan xizmat ko‘rsatilgan abonentlar soni ikki milliarddan oshib ketdi.

SMS-xabarlardan eng kutilmagan hollarda foydalaniladi: misol uchun, NASA SMS-servisi yordamida astronomiya ishqibozlari Xalqaro kosmik stansiyasi har gal ularning uylari ustidan uchib o‘tayotganida mobil telefonlariga xabar olishlari mumkin. SMS-xabarlar tilga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xabarning uzunligi 160 simvollar bilan cheklanishi qisqartmalardan foydalanishga olib keldi. Ulardan ba’zilari — LOL (laughing out loud), OMG, IMHO (in my humble opinion) va BFF (best friends forever) va hatto Oksford ingliz tili lug‘atiga kiritildi.

Manba: www.ericsson.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq