“Bilayn” va “Odnoklassniki” yulduzlarni yondiradilar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ining 30 ta eng yirik sahifasining ro‘yxatiga kiritilib, ushbu nufuzli reytingda Rossiyaga tegishli bo‘lmagan yagona guruhga aylandi. Beeline Uzbekistan hamjamiyati ishtirokchilarining umumiy soni qariyb 110 kishini tashkil etadi.

“Bilayn” va “Odnoklassniki”ning Toshkentda bo‘lib o‘tgan qo‘shma taqdimotida mass-media hamda internet hamjamiyati vakillariga o‘zbek tilida eng ommaviy ijtimoiy tarmoqning odnoklassniki.ru assosiy versiyasi namoyish qilindi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, www.odnoklassniki.ru portalining matbuot kotibi Mariya Lapuk quyidagilarni qayd qildi: “O‘zbekiston biz uchun million kishidan ortiq kundalik auditoriyaga ega bo‘lgan, nisbatan dinamik rivojlanayotgan bozor sanaladi. Mamlakatdagi telekom sohaning yetakchisi — “Bilayn” tarmog‘imiz imkoniyatlarini tegishlicha baholaganidan faxrlanamiz. Kompaniya abonentlari ushbu eng yirik maydondan nafaqat operator bilan qayta bog‘lanish, balki faol muloqot uchun ham foydalanayotganliklari biz uchun quvonarli hol. Ishonamanki, o‘zbek tilidagi versiya ushbu jarayonni jiddiy ravishda tezlashtiradi”.

O‘zbekistonning mashhur kino va estrada artistlariga “Odnoklassniki” nomi yozilgan yulduzlarini taqdim etish marosimi taqdimotning yana bir yorqin hodisasiga aylandi. Ushbu yulduzlar san’atkorlar hamda xonandalarning, bundan buyon ularning www.odnoklassniki.ru tarmog‘ida rasmiy sahifasiga aylangan profilini bezaydi.

“Ijtimoiy tarmoqlar allaqachon nafaqat korporatsiyalar, balki mashhur insonlar uchun ham noyob kommunikatsiya vositasiga aylangan, — deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Endilikda artistlarning muxlislari o‘zlarining eng yaxshi ko‘rgan san’atkorlari bilan muloqot qilishda, ularning sahifalari asl ekanligiga ishonadilar va biz “Odnoklassniki”ning o‘nlab yangi yulduzlari paydo bo‘lishida ishtirok etganligimizdan mamnunmiz”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system