AQSH’da ham QOOQ «birinchi pazandachilik plansheti» savdosi boshlandi
21.12.2012
Rukn: Mobil aloqa, Tanlovga yuborilgan maqolalar.
Muallif: .

QOOQ plansheti — Fransiya Unowhy kompaniyasining mahsuloti — AQSH bozorida taqdim etilgan. Ishlab chiqaruvchining o‘zi yangi mahsulotini «maxsus oshxona uchun yaratilgan sensor ekranli birinchi interfaol planshet» deb ataydi. Ushbu qurilma Fransiyada anchadan beri sotiladi. Shu yilning noyabr oyida yangi rangli korpuslarda cheklangan versiyasi chiqarilgan edi. Aftidan, mahalliy bozorlardagi muvaffaqiyat ishlab chiqaruvchini yangi darajaga chiqishga chorladi.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, «QOOQ pazandachilik plansheti uyda taom tayyorlash jarayonini o‘zgartiradi». Bu holatni u mashhur bosh oshpazlar ishtirokida tayyorlangan interfaol materiallar hisobiga yuzaga keltiradi. Qurilma keng pazandalar ommasiga — endi o‘rganayotganlardan tortib to ekspertlargacha mo‘ljallangan. Foydalanuvchi Yevropaning yuzdan ortiq yetakchi oshpazlaridan yozib olingan 4000 dan ortiq eksklyuziv retseptlardan tashkil topgan katalogdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Retseptlar yuqori aniqlikdagi videokadrlar, fotosuratlar va matnli yo‘riqnomalarni o‘z ichiga oluvchi ketma-ketlikdagi qo‘llanmalar bilan beriladi. Bundan tashqari, qo‘llash sohasini hisobga olgan holda QOOQ planshetni oshxonada kutib turgan silkinishlardan himoyalangan. Xususan, u suv o‘tkazmaydigan zarbalarga chidamli korpusga ega. Korpus stol ustida sirpanmaydi.

Jamlanmaga kiruvchi DT menyu va xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishda, portsiyalar soniga qarab mahsulotlar miqdorini hisoblab chiqishga yordam beradi. Kataloglashtirish va izlash imkoniyatlari bilan retseptlar bazasidan tashqari, QOOQ planshetlar uchun odatiy funksiyalarni, Internet tarmog‘iga ulanish, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarga ulanish imkoniyatlarini beradi. Video va MP3 proigroivatellari, onlayn radio, ob-havo ma’lumotlarini olish va fotoalbomlarni tomosha qilish uchun ilovalari mavjud.

Linux boshqaruvi ostida 1 GGts chastotada ishlovchi, ikki yadroli ARM Cortex-A9 protsessorli bir kristalli platforma QOOQ uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Konfiguratsiyaga 8 GB flesh-xotira va SD/SDHC xotira kartalari uchun slot kiradi. Diagonali bo‘yicha 10,1 kattalikdagi ekran tomonlari 16:9 nisbatlarga ega. Zichliklarini ishlab chiqaruvchi xabar qilmaydi, lekin mavjud ma’lumotlarga qaraganda u 1024 x 600 piksellarga teng. Ekrani sensorli, sig‘imli turda. Planshet jihozlanishiga Wi-Fi 80211 b/g/n va Ethernet adapterlari, USB 2.0 porti, kiritilgan radiokarnaylar kiradi. Kattaliklari 270 x 160 x 25 mm ni tashkil etgan mazxkur qurilma 858 gramm og‘irlikka ega. Ishlab chiqaruvchining baholashi bo‘yicha, qurilmaning avtonom ishlash vaqti uzluksiz video tomosha qilinganida 2,5 soatga va «oddiy rejimda» ishlaganida 4-5 soatlarni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi QOOQ Xitoyda emas, balki Fransiyada ishlab chiqarilishini ta’kidlaydi.

QOOQ planshetining narxi — 399 dollarni tashkil qiladi (Yevropada — 349 yevro). Foydalanuvchi muntazam ravishda yangi retseptlarni olishga obuna bo‘lishi mumkin. Obuna bo‘lish oyiga 9,9 dollar, bir yilga — 99 dollarni tashkil etadi.

Manba: http://www.qooq.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq