Qiziqarli FAKTlar
20.12.2012
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni nashr etishda davom etamiz. Sahifamizda planshet kompyuteri tarixi va rivojlhantirish odimlari haqida hikoya qilamiz.

Planshet kompyuteri
Insonning eng qulay quroli, so‘zsiz, uning qo‘llaridir. Pianinochi, skripkachi yoki gitarachi barmoqlarini virtual holatda ishga solayotganini ko‘p ko‘rganmiz. Uqalovchi-massajchi barmoq uchida qanday mo‘jizalarni amalga oshiradi, chevar esa barmoqlarni ishga solib nafis so‘zanalar yaratadi. Ishlab chiqaruvchilar har qanday sichqoncha, trekbol yoki boshqa manipulyatorlarni o‘ylab topmasinlar, tabiat insonga bergan barmoqlardan yaxshisini topish qiyin. Aynan shuning uchun so‘nggi davrda planshet SHK, birinchi navbatda, barmoq uchidagina boshqarish mumkin bo‘lgan internet-planshetlar ommaviylashib ketdi. Navbatdagi sahifamiz planshet kompyuterlari haqida.

Planshet kompyuteri (ingl. Tablet computer yoki elektron planshet) — turli sensorli ekranga ega bo‘lgan mobil kompyuterlari (qurilmasi) tushunchasini beradi. Planshet kompyuterini qo‘l yoki stilusni tekkizish orqali boshqarish mumkin. Klaviatura va sichqoncha har doim ham mavjud bo‘lmaydi.

Planshet kompyuterlariga agar sensorli ekrani mavjud bo‘lsa, quyidagi qurilmalarni kiritish mumkin:
• Planshet shaxsiy kompyuter
• Slate PC
• Ultramobil SHK
• Mobil internet-qurilma
• Internet-planshet
• Elektron kitob

Bugungi kunda jahonda eng ommabop va ko‘p sonli planshet-kompyuterlar internet-planshetlar bo‘lib hisoblanadi. Quyida ular haqida batafsil fikr yuritamiz.

Internet-planshet
Internet-planshet (ingl. Internet tablet yoki Web tablet — Veb-planshet yoki Pad tablet — Pad-planshet (Bloknot planshet), yoki Web-pad — Veb-bloknot, yoki Surfpad — Veb-serfing-bloknot) — smartfonlar uchun foydalaniladigan klassdagi apparatli platformada qurilgan, ekrani diagonali odatda 5 duymdan to 11 duymgacha bo‘lgan planshetli kompyuterlar turiga kiruvchi mobil kompyuter.

Internet-planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi, u bilan ishlash fizik klaviatura va sichqonchadan foydalanmasdan, barmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Sensorli ekranda matnni kiritish umuman olganda, klaviaturada terish tezligidan qolishmaydi. Ko‘plab zamonaviy internet-planshetlar dasturlarni boshqarish uchun multitach-jestlardan foydalanishga imkon beradi.

Internet-planshetlar, odatda, Wi-Fi yoki 3G/4G-ulanish orqali internet tarmog‘iga doimiy ulangan bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun internet-planshetlardan veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish), veb-ilovalarni ishga tushirish va biror-bir veb-xizmatlar bilan aloqada bo‘lish uchun foydalanish qulay hisoblanadi. Internet-planshet ushbu holatda SHK yoki noutbukning o‘rnini to‘la bosa olmasligini hisobga olish kerak, chunki uning mobillikka yuqori talablar sababli (kam energiya sarflashi va kattaliklari) funksionalligi cheklangan.

Alohida xususiyatlari
Internet-planshetlarning alohida turlari 2000-yillar boshlaridayoq paydo bo‘la boshlagan, lekin kompyuterlarning ushbu toifasi Apple iPad planshetnigi taqdimoti va ishlab chiqarilishi boshlangandan so‘ng 2010-yilda keng tarqala boshladi. Ko‘pchilik analitiklar internet-planshetlarni kompyuter davridan keyingi qurilmalar qatoriga kiritadilar, ular odatiy shaxsiy kompyuterlarga qaraganda, oddiy va tushunarliroq va vaqt o‘tishi bilan shaxsiy kompyuterlarni IT-bozoridan siqib chiqarishi mumkin.

Apple iPad 2 internet-plansheti taqdimoti marosimida Stiv Djobs shunday degandi: «…Texnologiyalar gumanitar fanlardan ajralmasdir va bu fikr kompyuter davridan keyingi qurilmalar uchun har doimgidan ham to‘g‘ridir. Raqobatchilar shaxsiy kompyuterlar yangi modellarida mos muvozanatni topishga urinmoqdalar. Apple bu yo‘lni tanlamaydi — aslida, kelajak kompyuter davridan keyingi qurilmalarda, ular odatiy RS’lardan oddiyroq va tushunarliroqdir».

Kompyuterlar ushbu turkumlarining asosiy ajralib turuvchi xususiyatlari — bu IBM PC-kompyuterlari bilan apparatli mos kelmasligi va ularda o‘rnatilgan mobil operatsion tizimlarning odatda smartfonlarda foydalaniladigan turi ekanligi, ular quyidagilar:
• Apple iOS;
• Google Android;
• HP Open webOS;
• Intel/Nokia MeeGo;
• Intel/Samsung Tizen;
• Jolla (ingl.) Sailfish OS;
• Microsoft Windows RT;
• RIM BlackBerry Tablet OS (ingl.).

yoki quyidagi OS’ning servislar va veb-ilovalarga mo‘ljallanganligidan iborat:
• Google Chrome OS;
• Jolicloud.

O‘rnatilgan mobil OS foydalanuvchiga ish joyi kompyuterida mumkin bo‘lgan dasturiy ta’minot butun imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bermaydi va mana shu funksionalligidagi cheklanishlari bilan internet-planshetlar elektron kitoblar bilan o‘xshashdir. Biroq baribir, internet-planshetlar elektron kitoblardagiga qaraganda, ko‘proq funksiyalarga ega va quyidagilar uchun foydalaniladi:
1) veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish);
2) veb-ilovalarni ishga tushirish;
3) biror-bir veb-xizmatlar bilan ishlash;
4) elektron kitoblarni o‘qish;
5) fotoalbomlarni tomosha qilish;
6) multimedia-fayllarni tomosha qilish (videoni ko‘rish, musiqa tinglash);
7) kompyuter o‘yinlari;
8) elektron pochta bilan ishlash;
9) darhol xabar almashish hamda VoIP va SIP-servislar (jumladan, videoaloqa) dasturlari yordamida aloqa qilish;
10) elektron hujjatlar va multimedia-fayllar kichik tahriri.

Internet-planshetni standart planshet SHK’dan farq qiluvchi asosiy sifatlari:
• qurilmaning narxi arzonligi;
• barmoqlar yordamida ishlash uchun mo‘ljallangan sensorli ekran;
• yengil va qulay foydalanuvchi interfeysi (SHK interfeysidan ko‘ra ko‘proq smartfon interfeysiga o‘xshash);
• rivojlantirilgan simsiz internet-ulanish vositalari (Wi-Fi, 3G/4G);
• uzoq vaqt davomida avtonom ishlash (avvallari faqatgina mobil telefonlar maqtana olgan).

Ommaviylashuvi
Nokia 770 Internet Tablet (2005) —birinchi ancha keng tarqalgan internet-planshetlardan biri.
2005-yil 25-mayda Nyu-Yorkda, LinuxWorld Summit sammitida Nokia kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, — ekrani 4,1 dyuym kattalikdagi, Maemo mobil OT’dan foydalangan Nokia 770 Internet Tablet internet-planshetidan boshlangan Nokia Internet Tablet turkumidagi internet-planshetlarni birinchi ancha keng tarqalgan deb hisoblash mumkin.

Biroq 2010-yil 27-yanvarda Apple kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, ekrani 9,7 duymli, ko‘p jihatdan Apple iPhone cho‘ntak kompyuter/smartfoni evolyutsiyasi hisoblangan va Apple iOS mobil OT’dan foydalanuvchi iPad internet-plansheti haqiqatda ommaviy internet-planshet bo‘lib qoldi.

Apple iPad internet-planshetining tijorat muvaffaqiyatidan so‘ng, 2010-yil davomida IT- bozirining ASUS Eee Pad, BlackBerry PlayBook (ingl.), Dell Looking Glass Tablet, HP TouchPad, Motorola XOOM, Samsung Galaxy Tab, Sharp Galapagos, Sony S1, ViewSonic ViewPad, HTC Flyer kabi katta va boshqa kompaniyalari internet-planshetlar o‘z variantlarini taqdim eta va ishlab chiqara boshladilar.

2010-yil boshida, NVIDIA kompaniyasining ma’lumotlariga qaraganda, yangi Nvidia Tegra 2. protsessori asosida internet-planshetlarning 50 dan ortiq modellari yaratilayotgan edi.

Creative Strategies’ning bosh tahlilchisi (analitigi), Tim Badjarin (Tim Bajarin) 2010-yil so‘zsiz planshet kompyuterlar yili bo‘ladi deb e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga qaraganda, Nvidia Tegra 2 yangi protsessori zamonaviy planshetlarda bo‘lishi zarur bo‘lgan barcha xususiyat va sifatlarga ega:
• web-sahifalarni to‘xtovsiz ko‘rib chiqish;
• uch o‘lchamli foydalanish interfeysi;
• unumli grafik qismi;
• yuqori tiniqlikdagi video va bularning barchasi ilgari faqatgina mobil telefonlaridagina bo‘lgan vaqtinchalik avtonom ishlashida mavjuddir.

2010-yilda internet-planshetlar ko‘proq uyda foydalanishga mos kelgandi (yaqqol bir misol: uy bekalari uchun AlessiTAB plansheti), lekin Intel korporatsiyasi CEO — Pol Otellini (ingl.) korporativ foydalanish uchun internet-planshetlar taxminan ikki yildan so‘ng tayyor bo‘ladi deb hisoblardi.

«Planshetlarning Form-faktorlari juda tez rivojlanmoqda va shunday qurilmalar ko‘pchilikda bor, lekin bu hozircha faqat asosiy hisoblash yechimlari — ish joyi shaxsiy kompyuteri va noutbuk uchun foydali qo‘shimchadir. Planshetlarda mahsuldorlik, korporativ dunyoda qabul qilingan dasturiy ta’minot bilan, kiritish/chiqarish tizimi, nihoyat, hatto ma’lumotlarni shifrlash bilan mosligiga ancha aniq limitlar mavjud», — deydi Pol Otellini.

2011-yilda, JP Morgan investitsiya banki prognozlari bo‘yicha 47,9 mln., 2012-yilda esa 79,6 mln. internet-planshetlar sotildi, planshetlar ishlab chiqaruvchilarining 2012-yildagi daromadlari 35,2 mlrd. dollarni tashkil qildi. 2012-yilda planshetlar yetkazib berishning taxminan 35 foizi noutbuklar va netbuklar bozori hisobiga amalga oshirildi.

Аpparatli arxitekturasi
Zamonaviy internet-planshetlar ARM arxitekturasi yoki MIPS-arxitekturasidagi arzon va kam energiya talab qiluvchi protsessorlarda quriladi va IBM PC-kompyuterlari bilan mos kelmaydi.

Qurilmalar ushbu toifalari uchun smartfonlar va mobil internet-qurilmalar (MID) uchun maxsus loyihalashtirilgan protsessorlardan foydalaniladi, ular ba’zi smartfonlarda ham qo‘llaniladi.

Internet-planshetlar uchun protsessorlarni quyidagi kompaniyalar: Broadcom, Freescale, Marvell (ingl.), Inge-nic Semiconductor, Nvidia, Qualcomm, Rockchip, Samsung, ST-Ericsson, TI, VIA, ZiiLABS va boshqalar ishlab chiqaradilar.

Dasturiy qismi
Internet-planshetlarda odatda smartfonlarda foydalaniladigan mobil operatsion tizimlar turlaridan foydalaniladi. Apple kompaniyasi o‘zining iPad internet-planshetida interfeysi multitach-jestlar yordamida sensorli ekranni qulay boshqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan Apple iOS operatsion tizimidan foydalanadi.

Google Android mobil operatsion tizimidan (Linux OT versiyasiga asoslangan) foydalanishga ko‘plab misollar mavjud. Linux OT boshqa mobil versiyalari asosida internet-planshetlar uchun OT ishlanmalari mavjud — misol uchun, WeTab internet-planshetida MeeGo Mobil OT’dan foydalaniladi.

Interfeyslari sensorli ekran bilan qulay ishlash, xususan, multitach-boshqaruv bilan ishlash uchun maxsus qayta ishlab chiqilgan BSD, QNX OT turkumlari, yoki hatto Microsoft Windows CE for MID operatsion tizimidan foydalanishga misollar ham mavjud.

Google kompaniyasi internet-planshetlar uchun moslashtirilgan o‘zining Google Chrome OS operatsion tizimi maxsus variantini ishlab chiqmoqda.

Internet-planshetlari tarixi
Ro‘yxatda kompyuter texnikasi ushbu turining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan eng yorqin konsepsiyalar va internet-planshetlar modellari keltirilgan:
1968-yil
Stenli Kubrikning 2001-yildagi «Космичeская одиссeя» ilmiy-fantastik filmda planshetli kompyuterlarning birinchi ko‘rinishi.
1987-yil
Bilimlar navigatori — Apple kompaniyasi tomonidan 1987-yilda taqdim etilgan planshetli kompyuter ko‘rinishidagi elektron kotib konsepsiyasi.
1996-yil
1996-yilda DEC kompaniyasi «temirda» gavdalantirilgan DEC Lectrice — peroli kiritish bilan kompyuterini taqdim etdi (zamonaviy e-bookslar namunasi).
2000-yil
2000-yilda 3Com kompaniyasi veb-serfing uchun — 3Com Audrey (ingl.) planshetli qurilmasini ishlab chiqardi.
2005-yil
2005-yil 25-mayda Nokia kompaniyasi Nyu-Yorkda LinuxWorld Summit sammitida o‘zining birinchi— Nokia 770 Internet Tablet internet-planshetini namoyish qildi.
2007-yil
2007-yil 9-yanvarda MacWorld Expo konferensiyasida Apple kompaniyasi, o‘zining CEO’si Stiven Jobs tomonidan, birinchi bor, Apple iOS mobil OT’dan foydalanilgan iPhone cho‘ntak kompyuter/smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.
2010-yil
2010-yil 27-yanvarida ko‘p jihatdan iPhone cho‘ntak kompyuter/smartfoni evolyutsiyasi hisoblangan va Apple iOS dagi kabi mobil OT’dan foydalanuvchi ekrani 9,7 duym kattalikka ega bo‘lgan Apple iPad internet-plansheti taqdim etildi.
2011-yil
2011-yil 6-yanvarida planshetlar uchun maxsus ishlab chiqilgan, Google Android 3.0 Honeycomb yangi operatsion tizimi bilan ishlovchi Motorola XOOM plansheti namoyish etildi. Unda Nvidia Tegra 2 platformasi va Gorilla glass juda qattiq shishadan foydalanilgan.

2011-yil 1-sentabrda planshetlar uchun maxsus ishlab chiqilgan, Google Android 3.2 Honeycomb operatsion tizimi bilan ishlaydigan Sony Tablet S plansheti namoyish etildi. Sony firmasi shakli bo‘yicha hech bir boshqasiga o‘xshamaydigan planshetni yaratdi. Unda Nvidia Tegra 2 platformasidan foydalanilgan, bundan tashqari, Sony firmasi sertifikatlashtirilgan PlayStation bilan planshetni yaratdi va Google Android OT’ni o‘zining mahsulotlari uchun o‘zgartirdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq