“Aloqada bo‘l!” jurnalistlar uchun ijodiy tanlovning g‘oliblari aniqlandi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) va infoCOM.UZ jurnali muharririyati aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi eng yaxshi jurnalistik material uchun o‘tkazilgan “Aloqada bo‘l!” tanlovining yakunlarini sarhisob qildilar. Tanlov ishlari butun kuz davomida qabul qilindi va bu davr mobaynida pr@beeline.uz elektron manziliga O‘zbekistonning turli hududlaridan yuzlab arizalar tushgan.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Bosh diretkori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Aloqada bo‘l!” loyihasining maqsadi, avval xabar berilganidek, OAV e’tiborini telekom sohaga, innovatsion yechimlarga va yangi mahsulotlarga jalb etishdan iborat. O‘ylaymanki, biz buning uddasidan chiqa oldik, chunki jurnalistlar yoritgan mavzular juda keng, nashrlar esa – nihoyatda qiziqarli bo‘ldi”.

Laureatlarni mukofotlash marosimi 17 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasining “Amir Temur” zalida bo‘lib o‘tdi. Beshta ishtirokchiga yodgorlik haykalchalari, g‘oliblik diplomlari, shuningdek qimmatbaho sovg‘alar: Samsung GALAXY Tab 2 plansheti (I o‘rin), Samsung GALAXY S III (II o‘rin), Samsung GALAXY S II (III o‘rin) va Huawei Honor (rag‘batlantiruvchi sovg‘alar) smartfonlari taqdim etildi.

infoCOM.UZ jurnali tahrir hay’ati raisi Aleksandr Suchkov: “Biz AKTni ilg‘or surish bilan bog‘liq istalgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va bu kabi keng ko‘lamli loyihaning hamtashkilotchilari bo‘lib ishtirok etish biz uchun sharaf. “Bilayn” bilan azaldan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilib, kompaniya sohada va, umuman mamlakatda texnologik rivojlanish yo‘lida qanchalik ko‘p ishlarni amalga oshirayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Barcha g‘oliblarni tabriklayman va ularning ijodlariga muvaffaqiyatlar tilayman!”

Hay‘at a’zolarining bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra “Aloqada bo‘l!” tanlovining g‘olibi Uznetda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan “Bepul TAS-IX uchun kim pul to‘laydi?” maqolasi bilan Yevgeniy Sklyarevskiy bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni anchadan beri telekom mavzuda ixstisolashgan “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining muxbiri Jamoliddin Turdimov egalladi. “Yosh ona uchun planshet” asari bilan Anna Gritsenko bronza sovrini sohibiga, ICTNews jurnali xodimi Yekaterina Grishina va Doim Online kitobining muallifi Shermuhammad Madrahimovlar esa – tanlov laureatiga aylandilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system