Bu yili ular — 650 kishi!!!

Fond Forum va «Kamolot» YOIH hamkorligida 2005-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan keng qamrovli loyihalardan biri — «Kelajak ovozi» iqtidorli yoshlar Respublika tanlovining tuman va viloyat bosqichlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Shu yilning 17-mayidan 16-iyuniga qadar hududlarda tanlovning saralash bosqichlari o‘tkazildi. Tavlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 650 dan oriq iqtidorli yigit-qizlar shu yilning 19-26 dekabr kunlari davomida poytaxtimizda o‘tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish uchun tashrif buyurishadi.

2012-yilda «Kelajak ovozi» tanlovida ishtirok etish uchun umumiy hisobda 79 354 ta ariza kelib tushdi. Har bir viloyatdan 800 — 1200 nafar yosh iqtidorlar tanlovning ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etib, shu tariqa final bosqichida turli nominatsiyalar bo‘yicha har bir viloyat sharafini 45 nafar atrofida, umumiy hisobda esa 600 dan ziyod yoshlar himoya qiladilar. O‘tgan 8 yil mobaynida tanlov butun respublikamiz bo‘ylab 388 ming nafar yoshni jalb qildi. Tuman va viloyat saralash bosqichlarida loyiha tashkilotchilari, tanlovning Jamoatchilik kengashi a’zolari va tajribali mutaxassislar bevosita ishtirok etdilar.

Saralash bosqichlari doirasida har bir tumanda Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM va hamkor tashkilotlarning yoshlarga qaratilgan loyihalarining interaktiv taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlar chog‘ida markaz faollari yoshlar salohiyatini kashf etishga qaratilgan loyihalar, dastur va tanlovlarni amalga oshirayogan tashkilotlar faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishdi. Ushbu axborot aksiyalari oliygohlarda, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida “Kelajak ovozi” YOTM yoshlar tashabbuslari markazi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi.

«Kelajak ovozi» iqtidorli yoshlar tanlovi Fond Forum va «Kamolot» YOIH hamkorligida 2005-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Tanlov nominatsiyalari zamonaviy yoshlarning arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, rasionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar, milliy va amaliy san’at, adabiyot va publisistika kabi turli yo‘nalishlardagi qiziqishlarini qamrab oladi. Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Manba

Orphus system