Ucelldan Yangi yil uchun yangi internet xizmatlari

Ucell kompaniyasi Yangi yil arafasida o‘z abonentlariga smartfon foydalanuvchilari uchun «Cheksiz Internet» va «Kunlik Max internet to‘plami» kabi bir necha internet servislarini taqdim etmoqda.

Ucelldan taqdim etilayotgan yangiliklar to‘g‘risida batafsil to‘xtalsak.

O‘zbekiston GSM operatorlari orasida birinchi bo‘lib, Ucell kompaniyasi smartfon foydalanuvchilari uchun «Cheksiz Internet» xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda. Abonent oyiga jami 6.99 dollarga 30 kun mobaynida Internetga cheksiz ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Servis shartlariga ko‘ra abonent oyiga 500 MB maksimal tezlikdagi trafikka, soniyasiga 64 Kbit.ga qadar ortadigan tezlikka ega bo‘ladi.

«Cheksiz Internet» xizmatiga 2012-yilning 7-dekabr sanasidan boshlab, *600# raqamini tergan holda ulanish mumkin. Xizmatni o‘chirish uchun *600*1# raqamini terish lozim.

Ucell abonentlari uchun navbatdagi yangilik bu — «Kunlik Max internet to‘plami» xizmatining yo‘lga qo‘yilishidir. Uning afzallik jihati abonentlar zaruriy kunlik internet-trafiklarini mustaqil ravishda belgilashlari va bu orqali o‘z mablag‘larini tejashlari mumkin.

Misol tariqasida, kuniga 2 mV internet-trafikka ega bo‘lish uchun abonent 5 sentga «Kunlik Max 2» to‘plamini xarid qilishining o‘zi kifoya. Buning uchun ya’ni to‘plamni aktiv holga keltirish maqsadida *666*1*1# terish lozim. 5 mB trafik hajmiga ega kunlik internet to‘plami *666*2*1# USSD jamoasi ko‘magida jami $0.10 ga o‘zlashtirish mumkin. Kunlik internet to‘plamlarning eng afzal jihatlaridan biri sarflanmagan trafik saqlanib qolinadi hamda servis xizmatidan foydalanilmagunga qadar, keyingi kungi trafik hajmiga qo‘shilib boradi.

“Bizning vazifamiz Ucellni tanlagan millionlab foydalanuvchilar uchun muloqot chog‘ida maksimal darajadagi qulaylikni yaratishdir. Shu orqali biz o‘z abonentlarimizni ularda foydalanuvchilar tajribasini yuzaga keltiruvchi yangi mahsulot va xizmatlarimiz bilan mamnun etishda davom etamiz”, — dedi Ucell Marketing departamenti direktori Hikmatulla Nasritdixodjayev yangi mahsulotni yo‘lga qo‘yilishini izohlar ekan.

Ucell tariflari, aksiyalari va xizmatlari, shuningdek, yangiliklari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan http://www.ucell.uz yoki Ucellning Facebookdagi: https://www.facebook.com/ucell saytida tanishishingiz mumkin.

Источник: пресс-релиз компании

Orphus system