“Bilayn” va WEBSUM xizmatlar to‘lovi imkoniyatlarini kengaytirishmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) WEBSUM internet orqali chakana to‘lov tizimi yordamida xizmatlarni to‘lash imkonini taqdim etadi. WEBSUM tizimi foydalanuvchilarga bir lahzada tovarlarni xarid qilish va sotish, shuningdek Tarmoq orqali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Barchasi oddiy va qulay: tizim haftada yetti kun, sutka davomida Shaxsiy kabinet orqali naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. “Ko‘rding – olding” tamoyili vaqt va kuchni tejaydi, bu esa mobil texnologiyalar asrida juda dolzarb”.

Tizimdagi barcha hisob-kitoblar WEBSUM hisoblash birliklari (WSM) bilan amalga oshiriladi. Hisoblash birligi o‘zbek so‘miga ekvivalentdir (1 sum 1 WSM ga teng). WEBSUM tizimidan on-line rejimida foydalangan holda, nafaqat mobil aloqa, Internet xizmatlari, balki odnoklassiki.ru, VKontakte, Skype, Torg.uz kabi ommaviy ijtimoiy maydonlarning to‘lov xizmatlari, shuningdek kommunal xizmatlar, raqamli telefidenie va shu kabilar uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.websum.uz va www.beeline.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system