AKT «O‘zbekiston pochtasi» OAJ faoliyatida

2012-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston matbuot markazida «O‘zbekiston pochtasi» OAJ tomonidan jurnalistlar ishtirokida “Pochta aloqasi sohasini zamonaviylashtiuish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ 2005-yildan Butunjahon pochta ittifoqining IFS moliyaviy tizimiga 14 ta filial bilan elektron pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu tizimga 945ta pochta alokasi obyektlari bog‘langan. Xalqaro elektron pul o‘tkazmalari xizmatini tashqil etish maqsadida 2008-yildan Butunjahon pochta ittifoqining IFS moliyaviy tizimi orqali elektron pul o‘tkazmalari Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya va Moldova davlatlari bilan xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

2012-yilning 9 oyida ushbu xizmatdan 28,4 mlrd. so‘mlik elektron pul o‘tkazmalari amalga oshirildi va 1 689,5 mln. so‘m daromad olindi. 2012-yilning mart oyidan boshlab gibrid pul o‘tkazmalarini tizimi joriy etildi va iyun oyidan to‘liq elektron shaklda qabo‘l qilish yo‘lga qo‘yildi. 2007-yilda Jamiyat tomonidan «To‘lovlarni qabo‘l qilish avtomatlashtirilgan tizimi» dasturi yaratildi va bugungi kunda 945ta pochta aloqasi obyektlari ulandi. Kommunal xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalarda yagona to‘lovlarni qabo‘l qilish tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli dasturdan fakat pochta aloqasi obyektlarida foydalanilgan. 2012-yilda «O‘zbekenergo» DAK tomonidan respublikaning barcha hududida elektr energiyasidan foydalanuvchilar bilan hisob-kitob uchun avtomatlashtirilgan billing tizimi joriy etildi. Ushbu tizimda «On-line» rejimida ma’lumotlarni almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Jamiyat tomonidan yaratilgan mavjud dasturni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borildi va «O‘zbekenergo» DAKning billing tizimiga muvofiklashtirildi. Hozirgi kunda ushbu tizim «Toshkent pochtamti» filialining bosh pachtamtida test sinovidan o‘tkazilmoqda.

2010-yil avgust oyidan axborot-ma’lumot tizimini Internet asosida (IBIS) qo‘llagan holda posilka bo‘yicha e’tiroznomalari (reklamatsiya) almashinuvi amalga kiritildi. Bu o‘z navbatida, Jamiyatga 5 foiz miqdorida kiruvchi quruqlikdagi tarif ulushidan (suxoputnoy doli) qo‘shimcha rag‘batlantirish olinmoqda (yiliga o‘rtacha 120,0 mln. sum). 2008-yildan S10 xalqaro standartiga muvofiq xalqaro pochta jo‘natmalariga shtrixkodlar yopishtirish yo‘lga qo‘yildi.

2011-yildan «Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarini nazorat qilish tizimi» joriy etilib, tizimga filiallarning 15ta pochta almashinuv punktlari, 174ta PAT’lardagi saralash uchastkalari hamda «Xalqaro pochtamt» filialining ish joylari bog‘langan. Mazkur tizimda Butunjahon pochta ittifoqining PNG tizimi vositasi orqali 16ta davlatlar bilan (jumladan: Germaniya, Belgiya, Eron, Rossiya, Amerika va boshqalar) pochta jo‘natmalariga tegishli elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tizimni bosqichma-bosqich boshqa davlatlarni bog‘lash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarini nazorat qilish tizimi»ning amalga kiritilishi natijasida pochtani qayta ishlash texnologik jarayonini shtrixkodlar ishlatgan holda avtomatlashtirish va pochta jo‘natmalarini Internet orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Bu uz navbatida hamkor-davlatlar bilan kiruvchi posilkalar bo‘yicha hajmiy me’yorlarning bajarilishi elektron ma’lumot almashinuvining (EDI) yaratilishiga olib keldi hamda ushbu me’yorning EeaF hodisaning bajarilganligi uchun Jamiyatga 5 foiz miqdorida kiruvchi quruqlikdagi tarif ulushidan (suxoputnoy doli) rag‘batlantirish olinmoqda (yiliga o‘rtacha 124,0 mln. sum).

Olib borilgan ishlar natijasida 2011-yilning 9 oyida kiruvchi pochta hajmi 485 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilning shu davrida 575 tonnani tashqil etdi. Jamiyat sayti orqali ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizimlarning joriy etilishi natijasida e’tiroznomalarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirildi hamda ularga ketadigan xarajatlarning kamayishiga erishildi (qog‘oz, printer katridjlari hamda ish jarayonlaridagi amallarining qaytarilishi kamaydi).

Jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan «Pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati avtomatlashtirilgan tizimi»ni 2012-yilning fevral oyidan Moliya Vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi tomonidan yaratilgan «Pensiya» dasturiga bog‘lanish maqsadida mavjud dasturni modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda ushbu tizimga «Toshkent pochtamti» filialining barcha pochta aloqa bo‘limlari bog‘landi.

Mazkur dasturni joriy etish natijasida pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha bitta summaning ikki marta to‘lanishi, to‘lov miqdorini oshirib to‘lanishining oldini oladi hamda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirilishiga olib keladi. (qog‘oz, printer katridjlari hamda ish jarayonlaridagi amallarining qaytarilishi kamaydi). «Obuna» avtomatlashtirilgan tizimi dasturi yaratildi va «Toshkent pochtamti» filialida sinovdan o‘tkazilib, joriy etildi. Bugungi kunda ushbu dasturni Jamiyat tarkibidagi filiallarda joriy etish maqsadida dasturga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Obunani Internet orqali rasmiylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilmoqda

Jamiyatning veb sayti (www.pochta.uz) orqali pochta sohasi bo‘yicha ma’lumotlar va yangiliklar hamda Jamiyatda ishlatib kelinayotgan 4ta axborot resurslaridan mijozlarga internet orqali foydalanishi uchun imkoniyat yaratilgan. Bundan tashqari, Jamiyat xodimlari uchun ichki sayt (www.post.uz) faoliyat ko‘rsatib korporativ tarmoq orqali bog‘lanib me’yoriy hujjatlar elektron bazasi, masofadan turib o‘qitish va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Hozirda Jamiyat tasarrufida 3 190ta kompyuter va server texnikasi (shu jumladan, 3014ta kompyuter) mavjud bo‘lib, Avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatuvchi ish o‘rinlari soni 1298tani tashkil qiladi, shu bilan birga, Jamiyatning korporativ kompyuter tarmog‘iga 1960ta kompyuterlashtirilgan ish o‘rinlari bog‘langan. 2012-yilda tasdiqlangan dasturlar asosida mavjud ish o‘rinlarini avtomatlashtirish maqsadida 470ta kompyuter texnikasi, 538ta printer, 470ta UPS texnikalari sotib olindi va filiallarga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Orphus system