Thanko do‘konidan sichqoncha-qo‘l moslanasi

Yaponiyaning Thanko do‘koni qiziqarli yangilikni — Windows, Mac va Android dasturlarida qurilmalarni boshqarish uchun sichqoncha-qo‘l moslamasini taqdim etdi. Ha, g‘oyaning o‘zi yangi emas, lekin uni amalga oshirilganligi qurilma ko‘pchilikka yoqishini ko‘rsatmoqda.

Mazmunli nomi bilan g‘aroyib «Gesture Glove Mouse» sichqoncha o‘ng qo‘lga kiyiladi (afsuski, chap qo‘llilar uchun versiyasi hozircha mavjud emas) va oddiy «lipuchka» bilan mahkamlanadi. Qo‘l moslamasiga mahkamlangan sensorlar ham ko‘rsatkich barmog‘iga shu kabi ulanadi. Tugmalar ham shu yerda joylashtirilgan.

Sichqonchaning ishlash radiusi — 3 metrni tashkil qiladi, batareyasi quvvati (USB orqali 1 soat) 12 soat uzluksiz ishlashga yetishi kerak. G‘aroyib sichqonchani Thanko do‘konida $62 dollarga xarid qilish mumkin.

Orphus system