«O‘zbektelekom» AK O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni arafasida butun mamlakat bo‘ylab yana 34ta «Yagona oyna» savdo ofislarini ochdi!
10.12.2012
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

7-dekabrda – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi bayrami arafasida «O‘zbektelekom» AK filiallari tomonidan O‘zbekistonning barcha viloyatlari tuman markazlari va qishloq joylarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana 34ta yangi «Yagona oyna» savdo ofislari ochildi.

Yangi ofislarning ochilish marosimi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana 11ta va O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yangi ofislar bilan videokonferensaloqa seansi yordamida Toshkent shahrida Yunusobod tuumanidagi 225–ATS’da bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida shahar va tuman hokimiyatlari vakillari, «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, «O‘zbektelekom» AK mintaqaviy filiallari rahbarlari, kompaniya xodimlari hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdilar.

An’ana bo‘yicha, ofislarning bir vaqtda ochilishi paytida yana 34ta qulay, ko‘rkam “Yagona oyna” ofislarini ishga tushirishni gavdalantiruvchi ramziy tugma bosildi.

Videokonferensaloqa seansi ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi Raisi Xurshid Mirzaxidov qutladi. U barchani mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi bilan tabrikladi va aholiga sifatli hamda zamonaviy aloqa xizmatlari ko‘rsatishlarida kompaniya xodimlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

“Yagona oyna” ofislari orqali har bir abonent telefoniya, ajartilgan liniya bo‘yicha Internet xizmatlari, simsiz telefoniya va CDMA-450 standartida mobil Internet, Videotelefoniya va hatto IPTV, Stars TV, «Uz Digital TV» MCHJ raqamli televideniye kabi xizmatlar turlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Endi kompaniya abonentlari “O‘zbektelekom” AK filiallaridan bir joyda barcha xizmat turlarini olishlari mumkin.

Kompaniya mutaxassislari “Yagona oyna” ofislarini loyihalashtirish, texnik jihozlash, xodimlarni tanlab olish va tayyorlashda jiddiy munosabatda bo‘ldilar. Viloyat markazi bo‘ladimi yoki tuman, bundan qat’iy nazar, butun mamlakat bo‘ylab ofislarni texnik jihozlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati standartlariga bir xilda amal qilinadi.

Bu yil O‘zbekiston Mustaqilligi kunini bayram qilish arafasida, yangi 21ta “Yagona oyna” savdo ofislari ochilgan edi, 3-noyabr kuni yana 12ta ofislar ishga tushirildi.

“O‘zbektelekom” AK — o‘zining tarmoqlari bilan butun O‘zbekiston Respublikasi hududlarini qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatori. Kompaniya qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xalqaro va shaharlararo aloqa, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarining barcha turlari, Internet tarmog‘iga ulanish, videokonferensaloqa, CDMA-450 standartida Mobil va statsionar aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish kanallarini tashkil etadi.

2011-yildan boshlab UZTELEСOM™ savdo belgisi “O‘zbektelekom” AK bosh brendi hisoblanadi, kompaniyaning ko‘p sonli xizmatlari esa bozorda endi — UZTELEСOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ vа TELECOMTV savdo belgilari ostida taqdim etiladi.

UZTELECOM™ bosh brendi va “Milliy operator” slogani ostida chakana savdo sektor uchun an’anaviy xizmatlar to‘plami hamda ichki va xalqaro bozorlarda operatorlar uchun barcha xizmat turlari taqdim etiladi.

UZTELECOM™ korporativ sektor uchun ham telekommunikatsiya xizmatlari to‘plamini o‘z ichiga oladi: qayd etilgan telefoniya, simli va simsiz KPU (keng polosali ulanish), MU (ma’lumotlar uzatish), VPN (virtual xususiy tarmoq), IP telefoniya, virtual ofisli ATS, VKA (videokonferensaloqa), Mobil aloqa, mobil MU.

UZONLINE™ savdo belgisi ostida chakana sektor va kichik biznes uchun yangi avlod telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi: IP texnologiyalariga asoslangan xizmatlar – Internet tarmog‘iga ulanish, IP telefoniya, IP-telefoniya va internet-xizmatlar to‘lovlari universal kartochkalari va boshqalar.UZMOBILE™ savdo belgisi ostida CDMA-450 standarti asosida Mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi.

С 2012 года под торговой маркой TELECOMTV акционерная компания «Узбектелеком» представляет услуги интерактивного телевидения — IPTV.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-apreldagi № PQ-1615 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma yilligini bayram qilishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘risida»gi Farmoniga muvofiq, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2011-yilning oxiridayoq butun mamlakat bo‘ylab “Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha birinchi 50ta savdo punktlarini jihozlashni amalga oshirdi.

2012-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan butun mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 90ta “Yagona oyna” savdo ofislari ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, bu yil asosiy e’tibor mamlakatimizning tuman markazlari va qishloq joylarida savdo ofislarini tashkil etishga qaratilmoqda.

Bu yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan hozirgacha 79ta “Yagona oyna” savdo ofislari ochildi. Ochilishi rejalashtirilganlarning qolganlari yangi yilgacha ochiladi.

2012-yil 7-dekabrda ochilgan “O‘zbektelekom” AK “Yagona oyna” savdo ofislarining manzillari

«TShTT» filiali

1. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 225-ATS

Qоraqalpog‘iston Respublikasi Filiali

2. Qo‘ng‘irod tumani, G‘arazsizlik ko‘chasi, 14-uy, 312-ATS
3. Oqmang‘it tumani, Oqmang‘it Darsan ko‘chasi, 38-uy, 425-ATS
4. Kigeyli shahri, G‘arazsizlik ko‘chasi, 412-ATS
5. Ellikqal’a tumani, Bo‘ston shahri, 585-ATS
6. Amudaryo tumani, Mang‘it shahri, ATS-515

Аndijon filiali

7. Andijon shahri, Lermontov ko‘chasi 12-uy. 226-ATS
8. Qo‘rg‘ontepa tumani Bobur ko‘chasi 179-uy

Buxoro filiali

9. Qorako‘l tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 32-uy, US
10. Romiton tumani, Bahoriston ko‘chasi, 8/8-uy, US
11. Peshku TTB, O‘zbekiston ko‘chasi, 31-uy
12. Shofirkon TTB, Shofirkon ko‘chasi, 54-uy

Jizzax filiali

13. Do‘stlik tumani, Do‘stlik ko‘chasi, 8-uy
14. G‘allaorol shahri, Mustaqillik ko‘chasi, Aloqa uyi

Qаshqadaryo filiali

15. G‘uzor shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 68-uy
16. Qamashi tumani Qamashi ko‘chasi aloqa bog‘lamasi

Navoiy filiali

17. Xatirchi tumani, Yangiobod shahri, Mustaqillik 5-uy
18. Nurota shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 25-uy

Namangan filiali

19. Мingbuloq tumani, Ozodlik ko‘chasi, 102-uy
20. To‘raqo‘rg‘on tumani, To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi 23-uy
21. Yangiqo‘rg‘on tumani, Namangan ko‘chasi, 4-uy
22. Namangan shahri, Uychi ko‘chasi 224-ATS

Samarqand filiali

23. Poyariq tumani, 50 yillik, 29-uy
24. Oqdaryo tumani, Loyish shahri, Amir Temur ko‘chasi, 37-uy
25. Urgut tumani, Navoiy shoh ko‘chasi, 18-uy

Surxondaryo filiali

26. Sho‘rchi tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 41-uy
27. Uzun tumani, Uzun shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 5-uy

Sirdaryo filiali

28. Sayxunobod tumani, Sayxun pos, Navoiy ko‘chasi, 65-uy
29. Sirdaryo tumani, Baxt shaharchasi, Rashidov ko‘chasi, 18-uy

Farg‘ona filiali

30. Farg‘ona shahri, A.Qodiriy ko‘chasi, 1A uy, 225-ATS
31. Farg‘ona tumani, Vodil q-q, 352-ATS

Хоrazm filiali

32. Gurlan tumani, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 80-uy
33. Yangibozor tumani, Jaloliddin Manguberdi ko‘chasi, 1-uy
34. Yangiariq tumani, Mustaqillik ko‘chasi

«O‘zbektelekom» AK ishlab turgan “Yagona oyna” savdo ofislari manzillari bilan shu yerda tanishish mumkin.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq