Motorola Mobility kompaniyasidan olib yuriladigan kompyuter

Google Glass loyihasi kabi nafis olib yuriladigan kompyuterlar hali ham ko‘pincha qimmat bo‘ladi, lekin agar shu kabi qurilmalar sizga ko‘rimli aksessuar yoki chiroyli qiziqarli o‘yinchoq sifatida kerak bo‘lmasa, unda Motorola Mobility kompaniyasining yangi qurilmasiga e’tibor berishingiz mumkin.

Yangi Motorola HC1 qurilmasi olib yuriladigan kompyuterdan iborat bo‘lib, u mutaxassislar qo‘llarini bo‘shatishga va shu bilan birga, hujjatlar, sxemalar va shu kabilardan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, kamera ulash imkoniyati uzoqda bo‘lgan mutaxassislarga suratlarni uzatish hamda ovozli va ko‘rinishli ko‘rsatmalarni olish imkoniyatini beradi.

2009-yilda birinchi namunasi ko‘rsatilgan Kopin kompaniyasining Golden-I nomli ishlanmasi ushbu qurilmani boshqarish tizimiga asos qilib olingan. Texnik ko‘rsatkichlari haqida gapiradigan bo‘lsak, unda Motorola HC1 ekrani 800 x 600 piksellar zichligiga ega va 15-dyuymli panelida manzaralarni yaratadi. Shu bilan birga, qurilma 800 MGts chastotali ikki yadroli OMAP3 protsessori va 512 megabayt operativ xotira bilan ta’minlangan. Shularning barchasi OS Windows CE 6.0. tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Boshqa qurilmalar bilan aloqa qilish uchun Wi-Fi b/g, Bluetooth 2.1QEDR va USB kabilardan foydalaniladi.

Yangi mahsulotning narxi hozircha xabar qilinmadi, lekin Kopin ishlab chiqargan faqatgina bir Golden-I to‘plamining o‘zi hozirda $2,500 dollar narxda sotilmoqda. Motorola HC1 bundan arzon bo‘lishi qiyin masala.

Manba: www.gizmag.com

Orphus system