Ko‘zi ojizlar uchun smartfon
10.12.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Qualcomm kompaniyasi va RAY loyihasi ko‘zi ojizlar uchun smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Telefonni boshqarish fizik elementlaridan virtual holatlariga o‘tish zamonaviy yo‘nalishlarni hisobga olsak, «ko‘zi ojizlar uchun smartfon» so‘z birligi g‘alati tuyulishi mumkin, lekin kompaniya haqiqatda maxsus ko‘p funksional qurilmani va’da qilmoqda, uni boshqarish ancha oddiy bo‘ladi va mavjud turlari o‘rnini bosishi mumkin (ko‘pchilik holda bir necha turli qurilmalardan iborat).

Kompaniya Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi Qualcomm protsessori asosidagi smartfonni asos qilib oldi. Yangi mahsulot interfeysi foydalanuvchiga ekranning istalgan nuqtasiga tegib ishlashni boshlashlariga imkon beradi. Birinchi bor tegilgan nuqta «baza» bo‘lib qoladi, barcha funksional elementlar avtomatik tarzda unga nisbatan joylashadi (misol uchun, audiokitoblar har doim tegilgan nuqtadan o‘ng tomonda bo‘ladi).

Hozirgi kunda qurilma Isroil davlatida test sinovlaridan o‘tkazilmoqda, bu yerda tadqiqotda ishtirok etuvchi 100 kishi yangi smartfonlar egasiga aylandi. Agar natijalar qoniqarli bo‘lib chiqsa — qurilma seriyali ishlab chiqariladi va keyingi yilda savdoga chiqarilishi mumkin.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq