Ikki yadroli Kimdecent protsessori bilan yangi mini-kompyuter

Fleshka kattaligidagi mini-kompyuterlar o‘zining mustahkam o‘rnini topgan ko‘rinadi. Ularning ommaviylashishi yoki hech bo‘lmaganda keng tarqalishi to‘g‘risida fikr yurita olmaymiz, biroq ushbu bozor rivojlanib bormoqda, demak, qurilmalar o‘z xaridorlarini topdi.

Kimdecent kompaniyasi ikki yadroli protsessor bilan yangi Droid Stick A2 kichik kompyuterini namoyish qildi. Cortex A9 chipi 1,5 gigagerts takt chastotasiga ega bo‘ladi. Kompyuterga gigabaytli operativ xotira, 32 gigabaytgacha kengaytirish imkoniyati bilan 4 yoki 8 gigabaytli flesh-jamlovchi, USB 2.0 portlari, mini-USB va HDMI hamda Wi-Fi-moduli o‘rnatiladi va naushniklar ulash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Kompyuterni Smart TV uchun dongl (pristavka) foydalanish mumkin bo‘ladi. U simsiz pult yordamida boshqarishni ta’minlash uchun infraqizil port bilan jihozlangan.

Ikki yadroli chipi bilan Mali 400 grafik moduli tasvirni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Kompyuter eng yangi Android Jelly Bean operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Kimdecent Droid Stick A2 2012-yildayoq ommaviy savdoga chiqariladi. Uning narxi hozircha ma’lum emas, lekin unchalik yuqori bo‘lmasligi mumkin.

Orphus system