Har kun uchun Ucell’dan Yangi Max

Ucell Kompaniyasi o‘z mijozlari uchun maxsus kunlik Max internet-to‘plamini yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda har bir abonent kundalik zaruriy Internet hajmini o‘zi belgilab, bu orqali o‘z mablag‘larini 5 barobargacha tejash imkoniga ega bo‘ladi.

Ucell 2012-yilning 5-dekabr sanasidan 2013-yilning 15-yanvar sanasiga qadar aksiyani o‘tkazadi, unga ko‘ra kompaniya abonentlari internet-to‘plamlaridan foydalanishlari va har kuni zaruriy internet megabayt hajmini qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lgan aksiyani o‘tkazadi. Kunlik to‘plamlarning afzallik jihati sarflanmagan trafik saqlanib qolinadi hamda servis xizmatidan foydalanilmagunga qadar keyingi kungi trafik hajmiga qo‘shilib boradi.

“Bizning maqsad – ma’lumotlarni uzatish uchun Internet hamda buning uchun eng yaxshi uzatish nuqtasi bo‘lgan kunlik internet-to‘plamlardan foydalanuvchi abonentlarimizga yanada yaqinroq bo‘lish. Agar foydalanuvchi bir oylik Max-to‘plamlar uchun to‘lovlardan ortig‘ini to‘lashni istamasa, bu holda Ucell ular uchun o‘z ehtiyojlariga muvofiq har kun uchun to‘lovni amalga oshirish, shu bilan birga, qoldiqlarni saqlab qolish imkonini taqdim etadi. Internet-to‘plamlarni qo‘llash ma’lumotlarni uzatish xizmatidan foydalanganligi uchun pul to‘lovlari hajmini 5- 20 barobarga tejash imkonini beradi. Bu esa abonentlar uchun juda ham foydali”, — dedi Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov.

Kuniga 2 mV ga ega bo‘lish uchun $0.05 ga «Kunlik Max 2» to‘plamini xarid qilishning o‘zi kifoya. Buning uchun ya’ni to‘plamni aktiv holga keltirish uchun *666*1*1# terish lozim. 5 mB ega bo‘lish uchun esa *666*2*1# USSD jamoasi ko‘magida jami $0.10 ga «Kundalik Max 5» yoqishning o‘zi kifoya. Trafik qoldig‘ini tekshirish uchun *666*4# terish lozim.

Mazkur xizmatni yoqtirishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:
• Kunlik to‘plamlar faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun mavjud;
• To‘plamga kiritilgan kunlik MB trafik faqatgina abonent to‘lovi yechilgandan so‘ng taqdim etiladi;
• Abonent to‘lovi yechilish kerak bo‘lgan paytda hisobda yetarli pul bo‘lmagan taqdirda kunlik trafik taqdim etilmaydi;
• Taqdim etilgan, biroq ishlatilmagan trafik to xizmat o‘chirilmagunga qadar yoki mazkur aksiyaning amal qilish muddati tugamagunga qadar yeg‘ilib boraveradi;
• Quyidagi xizmatlar faollashtirilgan paytda kunlik internet- to‘plamlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi, va aksincha: “Barchasi bittada!”, “Cheksiz Одноклассники”, “Uchtasi bittada!”, “Cheksiz Moy Mir”, “Cheksiz Facebook”, “Cheksiz ВКонтактe”, “Cheksiz Mail.ru Agent”, “Kunlik Max internet-to‘plami”, “Ota-onalar nazorati”;
• Taqdim etilgan trafikdan faqatgina Aktiv statusda foydalanish mumkin;

Batafsil ma’lumotlar bilan www.ucell.uz yoki www.facebook.com/ucell saytida tanishishingiz mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system