FORM 1 – yanada yuqori imkoniyatga ega uch o‘lchamli bosish uskunasi

3D-printerlari ko‘pincha juda qimmatbaho bo‘lib qolayotganiga qaramay, uch o‘lchamli bosish uskunasi texnologiyasi juda qiziqarlidir. Haqiqatda ham barcha istalgan, deyarli turli murakkablikdagi obyektlarni chop etish uskunasi uyida bo‘lishini kim ham xohlamaydi deysiz? Yaqinda «nisbatan arzon» 3D-printerlar qatori yangi qurilma bilan to‘ldirildi. Unda katta aniqlikda nodir obyektlarni modellashtirish imkoniyati mavjud.

FORM 1 — bu katta imkoniyatlarga ega 3D-printer bo‘lib: chop etish materialining qalinligi qatlami mazkur modelda atigi 25 mikronni tashkil etadi. Yangilik yaratuvchilari bunday aniqlikka erishish uchun chop etish asosiga boshqacha yondashganliklari bois amalga oshdi. Ko‘pchilik printerlar obyektni qatlam ustiga qatlamlab mustahkamlanadigan materialni yaratsalar, yangi FORM 1 da esa lazerli stereolitografiya texnologiyasidan foydalaniladi. Mazkur yondashuv mazmun-mohiyati suyuq fotopolimerni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, lazer yoki boshqa nurlar ta’sirida chop etishni amalga oshiradi. Polimer yuzasiga yo‘naltirilgan lazer nuri yaratilishi kerak bo‘lgan obyekt qatlamini hosil qiladi, shundan keyin qotirilgan qatlam fotopolimerga tushiriladi, lazer keyingi qatlam ustida ishlay boshlaydi.

Lazerli stereolitografiya texnologiyasi ancha qimmatbaho (qurilma bahosi oltixonali raqamdan iborat) bo‘lib, biroq yaqinda Massachusets texnologiya instituti olimlari tomonidan uni nisbatan ixcham devaysda 2500 dollargacha arzonlashtirishga erishildi. Hozirgi davrda FORM 1 Kickstarter loyihasi hisoblanadi.

Manba: www.kimdecent.com

Orphus system