“Bilayn” G‘arbiy hududiy filialiga – 6 yil

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Unitel G‘arbiy hududiy filialining olti yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda. Mazkur filial Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlariga xizmat ko‘rsatadi. Filial ochilgan paytdan buyon uning abonentlik bazasi 40 barobardan ko‘pga o‘sdi.

Faoliyat yakunlarini sharhlar ekan, Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov quyidagilarni qayd qildi: “G‘arbiy filial javob beradigan hudud – mamlakat hududining deyarli uchdan biri va “Bilayn” u yerda 2008 yildan beri yetakchilik qilib kelmoqda. Olti yil davomida biz asosiy stansiyalar sonini 12 marotaba oshirdik va ishonchli hamda zamonaviy tarmoqni qurdik. Hozirda bizning ustuvor vazifamiz – “Bilayn”ning odatiy yuqori xizmat ko‘rsatish sifatini qaytarish, shuningdek Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 3G texnologiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirish”.

“Oxirgi yilda biz xizmat ko‘rsatishni yangi sifatiy darajaga olib chiqdik. Bunda Nukus va Urganchda shinam abonentlik bo‘limlariga ega keng ofislarni ochdik, – qayd qildi Unitel G‘arbiy filiali direktori Refat Nizamutdinov. – Qariyb 600 ta savdo shahobchalari o‘nlab “Bilayn” eksklyuziv salonlarini o‘z ichiga olgan holda ikkila hudud abonentlariga xizmat ko‘rsatishga tayyor. Yaqin rejalarimizda – tarmoqni yanada zamonaviylashtirish va mijozlarimiz uchun innovasion takliflarni ishlab chiqish”.

Olti yil davomida hududning yuzlab yirik tashkilotlari o‘z tanlovlarini Beeline Business foydasiga hal qildilar: Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Zarubejneftegaz”, “Igillik gaz”, “Asaka Bank” va boshqa ko‘plar “Bilayn” mobil hamda qo‘zg‘almas aloqasidan foydalanmoqdalar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system