Ucell’dan “Tomoshabinlar yoqimtoyi” sovrini Rustam Qosimjonovga topshirildi
07.12.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

21-noyabrdan 5-dekabr sanasiga qadar dunyo sport jamoatchiligining yoqimtoyi shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining navbatdagi bosqichida jahonning eng kuchli 12 nafar grossmeysterlari bellashayotgan Toshkent shahriga qaratildi. Mazkur tadbirning homiysi sifatida «Ucell» savdo belgisi ishtirok etdi.

Turnir g‘oliblarini taqdirlash marosimida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov so‘zga chiqdi.

— Mazkur ikki hafta mobaynida turnirga ko‘plab mehmonlar tashrif buyurdi, yopilish marosimida esa men juda ko‘p bolalarni ko‘rib turibman. Shunisi quvonarliki, mazkur turnir nafaqat professionallar va ularning reytingini oshirish uchun o‘tkazilmoqda, balki shaxmat o‘yinlarini dunyoning barcha burchagida ommalashtirish maqsadi bilan ham o‘tkazilmoqda. Ta’kidlash lozimki, mazkur turnir bilan quyoshli Toshkentdagi shaxmat hayotining faoliyati to‘xtab qolmaydi. Mening tashrifim chog‘ida FIDE rahbaryati va Fond Forum bilan hamkorlikda biz O‘zbekistonda har yili yirik, xalqaro ahamiyatga molik turnirlarni o‘tkazishga kelishib oldik. Misol tariqasida, biz kelgusi yili ayollar Gran-prisini o‘tkazamiz, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkentdagi filialiga qilgan tashrifimiz chog‘ida esa har yili o‘tkaziladigan xalqaro talabalar turniri sentabr oyida ochilishiga kelishib oldik. Shu orqali, turnirlarning soni ortib boradi, — deya o‘z chiqishida qayd etib o‘tdi Kirsan Ilyumjinov.

G‘oliblarni musobaqaning bosh arbitri, O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Xusan Turdaliyev e’lon qildi. Turnir yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni har biri 6,5 ochkodan jamlay olgan uch nafar grossmeysterlar — Sergey Karyakin (Rossiya), Aleksandr Morozevich (Rossiya) va Vang Xao (Xitoy) egalladilar.

Yurtdoshimiz, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov Gran-prining mazkur bosqichida 6 ochko jamg‘ardi. Shu bilan birga, Rustam Qosimjonov hisobida bir nechta ya’ni 11 tadan 10 tasi durang o‘yinlar mavjud bo‘lib, bu uning barqaror o‘yinidan guvohlik berdi. Turnir g‘oliblarini taqdirlash marosimida bizning grossmeysterni beshinchi sovg‘a — «Ucell» kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi bilan hamkorlikda ta’sis etilgan “Tomoshabinlar yoqimtoyi” sovrini ham kutib turar edi. Tantanali tadbir chog‘ida so‘zga chiqqan «Ucell» kompaniyasining bosh direktori Ali Aganning ta’kidlashicha, bu kabi keng ko‘lamli turnirning homiysiga aylanish – katta sharaf.

— Bizning kompaniya o‘zining maxsus – “Tomoshabinlar yoqimtoyi” sovrinini ta’sis etdi. Biz Toshkentdagi mazkur turnirni kuzatib borgan, sportning mazkur turining ixlosmandlari va ishqibozlarining eng yuqori e’tiroflariga sazovor bo‘lgan Rustam Qosimjonovga topshirdik, — deya ta’kidladi Ali Agan.

G‘olibga tomoshabinlar yoqimtoyi nominatsiyasidagi g‘alabadan guvohlik beruvchi diplom, shuningdek, Ucell kompaniyasining qimmatli sovg‘alari topshirildi.

— Mazkur turnirda ishtirok etgan barcha shaxmatchilar – jahon kubogi, turli toifadagi chempionatlarning g‘oliblari va xalqaro miqiyosdagi professionallardir. Ularning barchasi kuchli o‘yin ko‘rsatdilar. Shu sababli ham men o‘z ishtirokimdan faxrlanaman va o‘z natijalarimdan qoniqdim. Shunisi quvonarliki, bugungi kunda shaxmat sporti yuksalish jarayonida, Yangi yil arafasida yosh shaxmatchilarga yuqori natijalarni tilab qolaman, — dedi Rustam Qosimjonov.

FIDE Gran-prisining maskur bosqichi «Ucell» tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi esa – yana bir bor kompaniyaning yuqori jamoatchilik faolligidan darak beradi. Sababi uning faoliyati mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, huddi shaxmatdagidek: ko‘p qirralik, oqillik va oliyjanoblik kabi shaxmat doskasi kataklariga jo etish mushkul bo‘lgan xususiyatlarga ham egadir.

— Ma’lumki shaxmat o‘yinlari – bu katta sabrni, fikrni jamlay olish qobiliyatini, diqqatni oshirishni talab etuvchi o‘yin bo‘lib, eng asosiysi, asosiysi, shaxmat o‘yinlari qarorlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qabul qilish qobilyatini rivojlantiruvchi o‘yindir. Mobil operatorlar bozorida ham tezkor qaror qabul qilish, ijodiy yondashishga to‘g‘ri keladi. Bu borada shaxmat sporti bilan bizning faoliyatimizning bir-biriga o‘xshash jihatlari mavjud. Mobil operator uchun oxir-oqibat g‘alabaga erishish yo‘lida to‘g‘ri qaror qabul qilish juda muhim. Bundan nafaqat kompaniya, balki mijozlar ham manfaatdor bo‘lishi lozim, — dedi Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov.

FIDE’ning Toshkentdagi bosqichida ishtirok etgan barcha grossmeysterlarning aytishlariga qaraganda, turnir yuqori darajada o‘tgan. Bunda turnir tashkilotchilari va homiylarining hissasi katta.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq