“Bilayn” 3G-modemning yangi, o‘ziga xos dizaynli ZTE MF 190S+ modelini taqdim etadi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 3G USB-modemning yangi ZTE MF 190S+ modelini taqdim qiladi.

“Mobil Internet allaqachon butun mamlakat bo‘ylab millionlab “Bilayn” abonentlari hayotining muhim qismiga aylangan, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – USB-modemning yangi modellari bilan ushbu xizmat yangi yorqin tarafdan ochiladi, shuning ZTE MF 190S+ sifatni qadrlaydigan va didi bo‘lganlar uchun a’lo darajadagi sovg‘aga aylanadi”.

Modemning asosiy xossalari:
• HSDPA/UMTS 2100/900 MGs
• EDGE/GPRS/GSM 850/900/1800/1900 Mgs
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha
• Ma’lumotlarni yetkazish tezligi – 5,76 Mbit/s gacha
• Amal qiladi: Voice, USSD, SMS
• 4 Gb gacha bo‘lgan MicroSD amal qiladi
• Modem faqatgina “Bilayn” SIM-kartasi bilan ishlaydi

Tizimli talablar:
• Windows 2000/XR/Vista/7, Mac OS X 10.4 va undan yuqori bo‘lgan operatsion tizim
• Qattiq diskdagi bo‘sh joy: 50 Mb va undan ortiq
• Markaziy protsessor (CPU): Pentium 4, 1 GGs chastota yoki undan yuqori
• Operativ xotira: 128 MB yoki undan yuqori

“USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanish bahosi ZTE MF 190S+ bilan birga – 129 000 so‘m, undan 4 000 so‘m oldindagi xarajatlar hisobiga balansga tushadi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system