Wi-Fi’ga ega sharikli ruchka
05.12.2012
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Livescribe kompaniyasi Sky WiFi Smartpen sharikli ruchkani taqdim etdi, deb xabar qiladi VentureBeat. Ruchka foydalanuvchi qog‘ozga nimalarni yozayotganligi va chizayotganligini qayd etadi, keyin ularni raqamli shaklga o‘tkazadi va simsiz tarmoq orqali uzatadi.

Ruchkaning o‘ziga xos xususiyatlari — Wi-Fi tarmoqlariga ulanish va Evernote servisi (aynan shu yerda yozuvlar va rasmlar saqlanadi) bilan ishlash qobiliyati hisoblanadi. Evernoteda o‘z sahifasiga kirib, foydalanuvchi rasmlarini, yozuvlarini ko‘zdan kechirishi va ularga ovozli sharhlarini tinglashi mumkin. Smartpen ovozini o‘rnatilgan mikrofon yordamida yoziladi.

Yozuvlar va rasmlarni raqamlashtirish va saqlab qolish uchun ular maxsus qog‘ozda bajarilishi kerak. Qog‘oz yuzasi markerlar-nuqtalar bilan qoplangan. Ularga tayanib, ruchka infraqizil kamera yordamida sterjen joylashgan joyni aniqlaydi.

Ruchkada o‘z klaviaturasi yo‘q. Wi-Fi yopiq tarmog‘iga ulanishda foydalanuvchi qog‘ozda chizilgan QWERTY-klaviatura tugmalariga sterjen uchi bilan tekkazib parolni teradi. Mana shunday klaviatura Smartpen jamlanmasi to‘plamiga kiradi.

Ikki gigabayt xotirali Sky WiFi Smartpen ruchkaning narxi 170, to‘rt gigabayt xotiralisi — 200, sakkiz gigabayt xotiralisi esa — 250 SShA dollar narxga ega. Eng qimmat turuvchi modeli tarkibiga Evernote pullik xizmatiga yillik obuna kiradi.

Livescribe ilgari ham yozilgan va chizilganlarni raqamlashtirish funksiyasi bilan ruchkalar ishlab chiqargan, biroq ular simsiz tarmoqlarga ulanish uchun moduliga ega bo‘lmagan. Ruchka tomonidan saqlab qolingan yozuvlar, rasmlar va ovozli sharhlarni ko‘rib chiqish uchun foydalanuvchi qurilmani USB-kabeli orqali kompyuterga ulashi kerak.

Evernote servisi yozuvlar, ishlar ro‘yxati, fotosuratlar va ovozli sharhlarni saqlab qolish va moslashtirish uchun mo‘ljallangan. U bilan sayt orqali hamda kompyuterlar va mobil qurilmalar uchun ilovalar yordamida ishlash mumkin.

Manba: www.gizmodo.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq