Toyota xavfsiz «gapiruvchi yo‘llarni» tayyorlamoqda

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish uchun Toyota kompaniyasi yangi texnologiyani joriy etishni rejalashtirmoqda, ular faqat transport vositalarining bir-biri bilan aloqalarini ta’minlashi bilan birga, yapon ishlab chiqaruvchisi mashinalarni yo‘l bilan «gapirishga» o‘rgatmoqchi. Intelligent Transport System platformasini test sinovlaridan o‘tkazish uchun Toyota kompaniyasi sinov poligonini ochdi, ushbu poligonda haqiqiy yo‘l sharoitlari modellashtirilgan.

ITS Proving Ground poligoni ko‘p funksiyali aloqa tizimlari bilan jihozlangan, ular yordamida aloqa o‘rnatilgan avtomobillar boshqa mashinalar yaqinlashib kelayotganligi, piyodalar paydo bo‘lganligi, svetofor signallari va ko‘plab boshqalar haqida xabardor qilinadi. Tizim 700 MGts diapazonida ishlaydi, u hatto juda murakkab sharoitlarda ham ishonchli qabul qilishni ta’minlaydi, ushbu texnologiya yordamida agar haydovchining e’tiboridan chetda qoladigan bo‘lsa, haydovchi yo‘nalish bo‘yicha yo‘l holatining yomonlashganligi haqida hamda chorrahaga yaqinlashgan paytida svetofor signali qanday bo‘lishi haqida xabar oladi. Harakatlanish xavfsizligi mazmunida yaqqol foydaliligidan tashqari, bu haydovchiga o‘z vaqtida gazni kamaytirish yoki ko‘paytirishiga imkon beradi, shu tariqa yonilg‘i sarflanishi boshqariladi.

Аvtomobil bilan boshqa obyektlar, jumladan, g‘ishtin devorlar ham «gaplashadi», Toyota Intelligent Clearance Sonar deb nomlanuvchi uskuna ham u bilan umumiy til topadi. U mashina atrofidagi obyektlarni kuzatib boradi, unga yaqinlashib kelayotgan xavfni sezishi bilan tormoz tizimini faollashtiradi, dvigatel ishini sekinlatadi, haydovchi ovozli xabar oladi. Poligonda boshqa tizimlar ham sinovdan o‘tkaziladi, jumladan, Drive-start Control funksiyasi avtoni to‘xtatib qo‘yishdagi stressli holatda haydovchiga old yoki orqa tomonga uzatish qismini zarur bo‘lmagan holatda bilmay ishga solib yuborishning oldini oladi, shuningdek, Pre-collision System (PCS) tizimi, agar oldinda harakatlanayotgan mashina tezligi juda past bo‘lsa, orqadan zarbaning oldini oladi. Ishlab chiqaruvchi yaqindagi modellarning biriga PCS o‘rnatishni va’da qilgan, Intelligent Clearance Sonar va Drive-start Control biroz keyinroq sotuvga chiqariladi.

Manba: www.slashgear.com

Orphus system