Gocen skaneri notaga asosan musiqa chaladi
05.12.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Gocen nomli qurilma haqiqatda nota varag‘iga asosan musiqa chaladigan qo‘l skaneridan iborat. Ushbu loyiha Tokio metropoliya Universiteti dotsenti Tetsuaki Baba (Tetsuaki Baba) rahbarligi ostidagi muhandislar guruhi tomonidan ishlab chiqildi.

Gocen notani varaqdan o‘qib, ularning holati va balandligini aniqlaydi. Ushbu ma’lumotlar asosida qurilma, fortepiano bo‘lsin yoki gitara, ilgari tanlangan asbobda musiqa chaladi, garnituradan tegishli belgilarni o‘qiydi va avtomatik tarzda musiqani chalish davomida asboblarni ishga soladi. Bundan tashqari, qurilma Fm belgisini o‘qib, ohanglarni tanib oladi, u «fa minor» ohangiga o‘tadi.

Ma’lumotlarni skanerlash va tahlil qilish uchun qurilma o‘z algoritmi bilan birgalikda, OpenCV kutubxonasidan foydalanadi. Masalan, o‘qish moduli nota ustida bo‘lgan vaqtda u musiqa chalishda davom etadi, bu biror-bir torli asbob bo‘lsa, unda torni tortish uchun skanerni yuqoriga yoki pastga biroz surish mumkin. Qurilma akkordlarni ta’minlaydi, notaning qalinligi esa uning balandligiga mos bo‘ladi.

Loyiha mualliflari Gocen g‘oyasi nashriyotchilar bilan suhbatlari davomida xayollariga kelganligini aytadilar. Hozirgi kunda notalar asosan ijrochilar ularga qarab, musiqa chalishlari uchun foydalaniladi. Endi kompyuter ham mana shundan musiqachi bo‘lishi mumkin. Loyiha mualliflari kelajakda ushbu qurilma musiqa chalishga o‘rgatishda ham va uni yozishda ham foydalanilishi mumkinligiga ishonadilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq