Dynamic Glass: qorayishi boshqariladigan oyna

Kaliforniyaning View kompaniyasi nuhandislari avtomatik tarzda qorayadigan Dynamic Glass oynalarini yaratdilar, pilot loyihasi sifatida ularni San-Fransiskodagi W Hotel xollida o‘rnatdilar. Dynamic Glass oynasining qorayish darajasi mobil qurilma yordamida qo‘l bilan (hozircha faqat iOS bo‘yicha mijoz mavjud) yoki avtomatik tarzda boshqariladi, shuning uchun ushbu texnologiyani «intellektual oyna» deb atash mumkin.

Ushbu texnologiya elektroxromizm hodisasiga asoslangan, bu obyektning elektr zaryadi ta’siri ostida rangini o‘zgartirish qobiliyatidan iborat. Oyna yetti qatlam, shu jumladan, elektrolit qatlamidan iborat tuzilishga ega. Optik tuzilishini o‘zgartirish uchun elektr toki yuborish kerak, u bir yo‘nalishda qorayish holatini kuchaytiradi, qayta yo‘nalishda esa, oyna shaffoflashadi.

Loyihachilar turli shaharlarda qator tadqiqotlarni o‘tkazdilar va xonani isitish, havoni almashtirish va sovutishdan yillik o‘rtacha tejamkorlik Dynamic Glass texnologiyasidan foydalanilganda o‘rtacha 25 foizga yetishini aniqladilar. Yilning issiq kunlarida, quyosh qizdirganida qorayish darajasini shu darajagacha ko‘tarish mumkinki, hatto chiroqni yoqish kerak bo‘lib qoladi. U baribir sun’iy iqlimga qaraganda kam quvvat talab qiladi.

Dynamic Glass qurilmasi Wi-Fi tarmog‘iga ulanadi, simsiz ulanish bo‘yicha u smartfon yoki planshet orqali boshqariladi. View kompaniyasi ushbu oynalar standart oynalarga qaraganda xususiy shaxslar uchun taxminan ikki barobar va tijorat sektori uchun — taxminan bir yarim barobar qimmatga tushishini bildirdilar.

Manba: www.gizmag.com

Orphus system