“Bilayn” O‘zbekiston Milliy brendi, deya e’tirof etildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) O‘zbekiston professional biznes maslahatchilari uyushmasi va Brandnews.uz marketing portali tomonidan tashkil qilingan Uzbekistan Brand Award 2012 respublika tanlovining to‘rtta nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Kuz davomida 200 dan ortiq xalqaro va milliy kompaniyalar Uzbekistan Brand Award 2012 15 nominatsiyasida g‘olib chiqish uchun kurash olib bordilar. 24 noyabr kuni ekspert haya’t a’zolari o‘z tanlovini amalga oshirdilar, keyingi kun esa milliy online-ovoz berish yakunlari sarhisob qilindi. Unda nominantlarga 47 000 dan ortiq ovoz berildi. Eng nufuzli nominatsiya – “Yilning milliy brendi” uchun eng shiddatli kurash olib borildi. Unda “Bilayn” g‘alaba qozondi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Iste’molchilarning ishonchini qozonish – oson vazifa emas, biroq uni oqlab turish undan-da qiyinroq. Buni uddasidan chiqqanimizdan juda xursandman: bir yil oldin “Bilayn” O‘zbekistonning eng yaxshi brendi-2011, deb e’tirof etilgan edi, mazkur ovoz berish esa bizga Milliy brend-2012 nomini berdi. Ushbu holat ko‘p vazifalarni yuklaydi, shunday ekan, biz bundan keyin ham millionlab abonentlar ishonchlarini oqlash uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz”.

“Bilayn”ning “O‘zbekiston bozoridagi eng yaxshi brend” nominatsiyasidagi yetakchiligi mazkur g‘alabaning qo‘shimcha tasdig‘iga aylandi.

“Joriy yilda oldimizda ko‘plab qiyinchiliklar paydo bo‘ldi: ularning ba’zilari haligacha dolzarb, lekin ko‘p masalalar hal etilgan va bu aynan brendimizni yanada yorqinlashtirgan ish desak bo‘ladi, – deydi Unitel Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Coca-Cola, Nestle va Samsung kabi global savdo belgilari ishtirok etgan reytingda yetakchilik qilish biz uchun katta sharaf va ovoz beruvchilardan faol qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdormiz”.

Beeline Uzbekistanning ilgari ko‘plab ekspertlar tomonidan qayd etilgan ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati Yilning eng yaxshi PR-kampaniyasi, deya e’tirof etildi.

Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov: “Facebook va “Odnoklassniki” saytlari bizlar uchun allaqachon abonentlar bilan muloqot qilishning samarali kanaliga aylangan. Shu yilning o‘zida korporativ sahifalarimiz foydalanuvchilarining soni o‘n barobar oshdi va 200 000 dan ortiq kishini tashkil qildi. Aynan ijtimoiy maydonlar yoz va kuzdagi maksimal qiyinchiliklar davrida mijozlarga yangiliklarni tezkorlik bilan, ya’ni axborot “shu yerda va hozir” zarur bo‘lganida yetkazishga yordam berdi. Bugungi kunda Beeline Uzbekistan Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook-hamjamiyati, shuningdek “Odnoklassniki” tarmog‘ining MDHdagi eng ommaviylashgan sahifasi hisoblanadi”.

“Yilning eng yaxshi videoroligi” nominatsiyasida iste’molchilar hamda hay’at a’zolarining fikri bir joydan chiqdi: STATUS va “O! Bonus!” videolari eng yaxshilar ichida sarasi, deya tan olindi.

“Bu “Bilayn”ning O‘zbekistondagi olti yillik faoliyatining eng yorqin ishlari bo‘lsa kerak, – taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Unitelning Marketing xizmati boshlig‘i Marina Ovsyannikova. – Nima ham derdim, kreativ tariflar kreativnoy reklamani talab qiladi va bu ma’noda roliklarimiz qo‘yilgan maqsadga yetkazilgan”.

Batafsil ma’lumot www.brandnews.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system