TeliaSonera — «Yevrovideniye-2013» tanlovining bosh hamkori

TeliaSonera 2013-yilda Shvedtsiyaning Malmyo shahrida bo‘lib o‘tuvchi «Yevrovideniye» tanlovining bosh hamkoriga aylandi

Ayni vaqtda mazkur voqeaga jadal tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shunisi ahamiyatliki, Yevropaning eng yaxshi ijrochilari bellashadigan «Malmyo Arena» majmui atrofida binafsha rangdagi manzarali gullarning 90 mingdan ortiq ko‘chatlari o‘tkazildi. «Yevrovideniye» arenasiga chiqayotgan ishtirokchilar TeliaSoneraning rangi – “Binafsharang shov–shuv” deb nomlangan binafsharang tusdagi dengizga tushib qolgandek his etadilar.

«Yevrovideniye» tanlovini dunyoning 40dan ortiq davlatlarining 100 mln.dan ziyod ixlosmandlari tomosha qiladilar. TeliaSonera “Yevrovideniye» tanlovini televideniye, internet va ijtimoiy media-platformalar orqali yanada ko‘p sonli tomoshabinlarga yetkazishga urinmoqda. Buning uchun kompaniya maksimal darajada xalqaro tarmoqlar, texnik imkoniyatlar va innovatsion yechimlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

«Eng ommalashgan xalqaro tanlov — «Yevrovideniye» ning homiysiga aylanishi TeliaSonera kompaniyasining nafaqat ishonchli hamkor ekanligidan, balki mazkur tadbir tashkilotchilarini ham, ushbu qo‘shiq bayramining yuz millionlab muhlislarining ham ishonchiga ega ekanligidan dalolatdir», — dedi Ucell Bosh direktori Ali Agan. — «Biz Ucell bu qadar kuchli hamda nufuzli korporatsiya bo‘lgan TeliaSoneraning bir qismi ekanligidan faxrlanamiz».

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda «Yevrovideniye» tanlovi Ozarbayjonda bo‘lib o‘tdi hamda mazkur katta bayramning bosh homiysi Azercell kompaniyasi bo‘ldi.

«Bu kabi tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish ortida qanday mehnat yotishini men yaxshi bilaman. Men TeliaSoneraning Ozarbayjondagi bo‘linmasi Azercell kompaniyasiniga rahbarlik qilgan chog‘imda, tadbirni eng yuqori darajada o‘tishi uchun jamoamiz bor imkoniyatlarini ishga solgan edi. Men TeliaSoneraning Yevrovideniye bilan an’anaviy hamkorligi davom etayotganligi hamda endilikda butun korporatsiya Shvetsiyadagi mazkur tadbirni o‘tkazishidan faxrlanaman».

“Yevrovideniye” to‘g‘risidagi barcha so‘ngi yangiliklarni Ucell’ning Facebook-e. www.facebook.com/ucell dagi sahifasidan topishingiz mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system