Ucell “Biz uchun har bir bola qadrli? Sizgachi?” xayriya aksiyasini o‘tkazadi
29.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

1-dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni Ucell “Biz uchun xar bir bola qadrli? Sizgachi?” xayriya aksiyasini o‘tkazadi

1988-yildan boshlab butun dunyoda 1-dekabr Butunjahon OITS’ga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana dunyodagi barcha insonlar OITS’ni to‘xtatish va bugungi kunda OIV bilan hayot kechirayotgan insonlarga ko‘mak berish, ularni o‘zgacha dunyoqarashlarni hurmat qilishga, OITS bilan kasallangan insonlarga nisbatan xayrixohliq qilish maqsadida birlashadigan kundir.

Ucell Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni doirasida O‘zbekistonda OIV dahl qilgan bolalar uchun o‘yinchoqlarni to‘plash bo‘yicha “Biz uchun har bir bola qadrli? Sizgachi?” xayriya aksiyasini o‘tkazadi. Xayriya aksiyasi mazkur muammo shaxsan ta’sir o‘tkazgan bola uchun istalgan go‘daklar o‘yinchoqlarini topshirish orqali bolalarni qo‘llab–quvvatlashni istovchilar uchun imkoniyat yaratadi. Shunisi ahamiyatliki, bemor bolaga o‘yinchoqlarni bolalar berishlari mumkin, sababi aynan bolalik chog‘idan boshlab insonlarda nafaqat kasallikning xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, balki allaqachon uni yuqtirib bo‘lgan bolalarga nisbatan insoniylik munosabatlarini ham shakllantirish lozim.

Aksiyani o‘tkazish chog‘ida jamlangan o‘yinchoqlar Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi ijobiy OIV bilan kasallangan bolalar bilan ishlovchi ixtisoslashgan markazlarga topshiriladi. Aksiya doirasida Markazlarga yo‘naltiriluvchi moddiy mablag‘larni jamlash uchun qutilar tashkillashtiriladi. “Biz uchun har bir bola qadrli? Sizgachi?” aksiyasining har bir ishtirokchisi OITS muammolarini anglash, birdamlik va ko‘makning xalqaro ramzi bo‘lgan qizil tasmalarni oladilar. O‘z libosiga qizil tasmalarni qadagan har bir inson, bu orqali OITS bilan kasallangan bolalarimizning muammolariga befarq emacliklari va undagi ishtiroklarini bildiradilar.

Aksiya 2012-yilning 22-30 noyabr kunlari o‘tkazilib, o‘yinchoqlarni jamlash uchun qutilar Ucell-Markazi va Ucell-Tashkent, Ucell-Samarqand, Ucell-Farg’ona, Ucell-Namangan, Ucell-Buxoro, Ucell-Andijon kabi kompaniya tasarrufidagi ofislariga o‘rnatiladi.

Usell aksiyasining bosh maqsadi OIV bilan yashayotgan bolalar uchun to‘laqonli hayot kechirish, o‘qish, tengdoshlari bilan birdek o‘ynash imkonini berishdir. Usell xodimlari ham mazkur aksiyaga jalb etilganlar, ya’ni bolalarga ko‘mak berish hamda boshqalar uchun o‘rnak bo‘lish maqsadida kompaniyaning barcha ofislari bo‘ylab faol ravishda o‘yinchoqlar va pul mablag‘larini to‘plamoqdalar. Befarq bo‘lmang! Aksiyada ishtirok eting!

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq