Ucell afsonaviy Bi-2 guruhi konsertining rasmiy hamkori
29.11.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

27-noyabr kuni «Turkiston» saroyida, Ucell’ning rasmiy hamkorligi ko‘magida o‘zining yangi «Spirit» albomi bilan afsonaviy Bi-2 rok-guruhining konserti bo‘lib o‘tdi.

Bi-2 guruhining navbatdagi konserti yurtimizda ushbu guruh ihlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bi-2 o‘z konsert dasturida turli janrlar va noan’anaviy musiqa bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan yangi yechimlar, yangi texnologiyalarni qo‘lladi. Guruh ijrosidagi yangi kompozitsiyalar bilan bir qatorda bir necha ommalashgan xit qo‘shiqlar ham yangradi.

Konsertdan ikki kun avval Ucell o‘zining Facebookdagi sahifasida guruh muxlislari uchun o‘nta chiptalarni yutuq tariqasida tarqatdi. Ularni qo‘lga kiritishni istaganlar guruh ijodiga taalluqli bo‘lgan turli savollarga javob berishlari, chiptalardagi qator va joy raqamlarini topishlari, izohlar qoldirishlari lozim bo‘ldi. Faollik, bilim va istak bilan bir qatorda omad ham kerak bo‘ldi. Aksiya katta qiziqish uyg‘ota oldi, shabhasiz barcha chiptalar tezda tarqalib ketdi!

Biroq bu hali hammasi emas, konsertning o‘zida tomoshabinlarni Ucell’dan yoqimli sovg‘alar – «Omadi Chipta» o‘yini o‘tkazilib unda mobil telefoni va 3G-modemlar yutuq sifatida o‘ynaldi. Omadlilar ham ajoyib musiqa hamda Ucell’dan sovg‘alarni qo‘lga kiritgan holda ikki karra mamnun bo‘ldilar.

«Madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda ularni o‘tkazishga ko‘mak ko‘rsatish va ishtirok etish– kompaniyamizning eng muhim korporativ majburiyati hisoblanadi, — deya mazkur aksiyaga izoh berib o‘tdi Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov.– Respublika ijtimoiy hayotidagi Ucell’ning faol o‘rni kompaniyaning yoshlar o‘rtasidagi ijobiy imijini nihoyat darajada mustahkamlaydi. Bu esa juda muhim, sababi brendga bo‘lgan hurmat va ishonch biznesda hal etuvchi omildir».

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq