Toshkent Aloqa kasb-hunar kollejida mehmonlar iliq kutib olindi
28.11.2012
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Dildora Malikova.

Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ninng shiddat bilan rivojlanishi bilan mazkur sohaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni tezkor o‘zlashtirish va bu bilimlarni hayotning har bir sohasiga joriy etish davrimizning muhim vazifasiga aylangan. AKT o‘zining boy resurslari bilan, ayniqsa, ta’lim jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab raqamli texnologiyalar axborot olishning yangi usul va imkoniyatlari, yangi kommunikatsiya turlari — elektron pochta, chatlar, konferensiyalarni taqdim etdi. Kompyuter texnologiyalari zamonaviy hayotimizning barcha jabhalariga kirib bordi. AKT ta’lim jarayonini o‘zgartirib yubordi va bu esa zamon talabiga aylandi.

Bugungi kunda har bir o‘qituvchi uchun ta’lim jarayonida turli-tuman AKT vositalaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Ta’lim muassasasining boshqa o‘quv muassasalari, chet ellardagi fan, ta’lim va madaniyat muassasalari bilan hamkorlik munosabatini o‘rnatish ham AKT taqdim etgan shunday imkoniyatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

2012-yil sentabr oyida Toshkent Aloqa kasb-hunar kollejiga Xalqaro elektroaloqa ittifoqi bosh kotibining o‘rinbosari janob Xoulin Chjao tashrif buyurgandi.

Janob Xoulin Chjao tashrifi jarayonida kollejning o‘quv va amaliy ishlari bilan tanishdi. Talabalar o‘zlarining kasbiy-ilmiy bilim va ko‘nikmalarini, laboratoriya darslarida, zamonaviy jihozlarda ishlay bilish bo‘yicha malakalarini ko‘rsatdilar.

Kollej direktori F. Agzamov o‘zining minnatdorchiligini bildirib, janob Xoulin Chjaoga Aloqa kasb-hunar kollejining faxriy doktorlik unvoni diplomini topshirdi.

Yaqinda Toshkent Aloqa kasb-hunar kollejiga yana bir mehmon Hindiston madaniyat markazi rahbari janob Radja Mexta tashrif buyurdi.

Tashrifi davomida janob Radja Mexta kollejda o‘quv jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari amaliyot mashg‘ulotlari xonalari hamda axborot-resurs markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mehmon oldida kollej o‘quvchilari amaliyot darslarida o‘rganayotgan amaliy ko‘nikmalarini va bilimlarini namoyish etdilar. Janob Radja Mexta kollej o‘quvchilari bilan muloqoti davomida o‘zini qiziqtirgan savollariga o‘quvchilardan ingliz tilida javob oldi. Bundan hayajonlangan mehmon kollejda xorijiy tillarni o‘rganishga katta e’tibor qaratilganligidan xursand ekanligini bildirdi.

Janob Radja Mexta kollej ta’lim jarayonini kuzatar ekan, kollej o‘qituvchilarining yuqori kasbiy mahoratga ega ekanliklarini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Janob Radja Mexta kollejda o‘tkazilgan «Ona tilim jonu dilim» mavzusidagi tadbirda ham ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent Aloqa kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tilida ko‘plab she’r qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan hind tilida ham she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. So‘ng Toshkent Aloqa kasb-hunar kolleji direktori Fayzulla Saidakbarovich Agzamov tomonidan mehmon Janob Radja Mextaga kollejning ramziy doktorlik unvoni taqdim etildi.

Tadbir so‘nggida Janob Radja Mexta zalda yig‘ilganlarga, ustoz va o‘quvchilarga o‘zining dil so‘zlarini va tilaklarini bildirdi. Tadbir gulduros qarsaklar bilan yakunlandi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq