“Bilayn” salonlarida iPhone 5 uchun nanoSIM larga ulanish boshlandi
27.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) 3G va LTE standartlarida ishlovchi beshinchi avlod iPhone uchun nanoSIM-kartalarga ulanish boshlanganligini xabar qiladi.

“O‘zbekistonda birinchi bo‘lib iPhone 5 kabi eksklyuziv smartfonlar uchun yangi standartdagi SIM-kartalarni taqdim etishdan mamnunmiz, – voqeani sharhlaydi Unitel Tijorat direktori Dmitriy Grigorev. – Bugungi kunda “Bilayn”ning Toshkentdagi rasmiy ofislarida nanoSIM bilan raqam olish yoki uni amaldagi SIM-kartaga almashtirish mumkin, biroq bir hafta davomida nanoSIM butun mamlakat bo‘ylab salonlarimizga yetkaziladi”.

Iyunda nanoSIM formati Yevropa telekommunikatsion standartlar instituti tomonidan tasdiqlangan. SIM-karta o‘lchamining kamaytirilishi smartfon ichida joyni tejash imkonini beradi, bunda uskuna korpusi ichidagi bo‘shagan maydon boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Yangi SIM-kartalar xotira hajmi va vazifalari bo‘yicha bugungi kunda muomalada bo‘lgan kartalardan farq qilmaydi, biroq o‘lchamlari bo‘yicha ancha kichik: nanoSIM o‘lchami 9×12 mm (15×22 mm microSIM ga nisbatan), nanoSIM qalinligi esa taxminan 15% ga kam.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda “Bilayn” O‘zbekistondagi operatorlardan birinchi bo‘lib abonentlarga iPad 3G va iPhone 4 uchun microSIM taklif qilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq