Jurnalimiz 10 yoshga to‘ldi
25.11.2012
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Hurmatli jurnalxonlar, hamkorlar, ta’sischilar va reklama beruvchilar!

2012-yil 25-noyabr kuni jurnalimiz 10 yoshga to‘ldi! Aynan shu kuni, 2012-yil 25-noyabrda infoCOM.UZ oylik axborot-tahliliy jurnalining birinchi soni chiqarilgandi.

Jurnal 2002-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq chop etila boshladi, Qarorda jumladan, «…axborot-kompyuter texnologiyalari sohasidagi jahon va mamlakatimizdagi rivojlanish jarayonlari hamda yutuqlarni yorituvchi, albatta internet-versiyasiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan jurnal tashkil etilsin» deb belgilangan edi.

O‘tgan yillar mobaynida jurnal sahifalarida O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivoji va chet ellarda bu sohadagi tajribalar to‘g‘risidagi materiallar chop etildi.

infoCOM.UZ jurnalining tashkil etilishida bosh tashabbuskor mamlakatimiz hukumati hisoblanadi, tahririyatimizning eng yaqin hamkori – O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bo‘lib, hozirda O’zbekiston Respublikasining Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo’mitasi sifatida qayta tashkil etildi.

2002-yilda «infoCOM.UZ» jurnali ta’sischilari mamlakatimizning yuqori mavqedagi tashkilot va kompaniyalari, xususan: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, Davlat aloqa inspeksiyasi, O‘zAAA ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi (hozirda UNICON.UZ markazi), AKT’ni rivojlantirish jamg‘armasi, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ, «Aloqabank» AK, «Matbuot tarqatuvchi» AK, «O‘zbektelekom» AK filiali UzNet, Sarkor Telecom MCHJ, Texnoprosistem MCHJ (savdo belgisi TPS), «Nuron» («SHODLIK GROUP» OAJ), «Nixol Komtex» MCHJ, «Amaliy Aloqalar Biznes Axborot Markazi» MCHJlardan iborat bo‘lgan. O‘tgan yillarda ta’sischilarimiz jurnal rivojiga yordam berdilar. Buning uchun ulardan juda minnatdormiz.

Reklama beruvchilar va hamkorlarimizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. O‘tgan yillarda jahondagi mashhur brendlar xususan: Alcatel-Lucent, LG Electronics, Huawei Technology, Samsung Electronics, ZTE, Motorola, Fujitsu, Epson, Panasonic, Konica Minolta, Xerox, «Kasperskiy laboratoriyasi» va ko‘plab boshqalarning materiallari muntazam yoritib borildi.

Doimiy reklama beruvchilar va axborot hamkorlarimiz qatorida O‘zbekistonimizning yirik IT-kompaniyalari va tashkilotlari: Unitel (savdo belgisi «Bilayn»), COSCOM XK MCHJ (savdo belgisi Ucell), «O‘zbektelekom» AK, Nuron, Sarkor Telecom, TPS, Agata Impex XK, Turon ATK, Softline Uzbekistan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqalarni alohida ta’kidlab o‘tamiz.

Jurnal tahririyat Jahondagi eng taniqli IT-industriyasining yetakchi brendlari, xususan: Intel, Cisco va IBM axborot munosabatlari o‘rnatilganligi tufayli muntazam ravishda joylardan dolzarb reportajlar berib boramiz. Mana shu hamkorlik munosabatlarimiz sababli jurnalxonlarimiz bevosita dastlabki manbadan dolzarb ma’lumotlarni bilib olish imkoniga ega bo‘ladilar.

InfoCOM.UZ jurnali faqatgina nashriy mahsulot bo‘lmay, ko‘plab qiziqarli tadbirlar tashkilotchisi hamdir. Jurnal tahririyatining bevosita tashkilotchiligi asosida 2003-yildan buyon O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari chempionati o‘tkazib kelinadi.

InfoCOM.UZ jurnali tahririyati Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda e-sporti bo‘yicha Milliy federatsiya sifatida ishtirok etib, O‘zbekiston e-sporti bo‘yicha milliy terma jamoasini tayyorladi va yopiq binodagi Ikkinchi va Uchinchi Osiyo o‘yinlarida e-sportchilarimiz mamlakatimizga ikki kumush va ikki bronza medalini olib kelishga muvaffaq bo‘ldilar.

Jurnalimiz 2004-yildan boshlab O‘zbekistonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi InfoCom’ning faol tashkilotchilaridan hisoblanadi. «infoCOM.UZ» jurnali Internet tarmog‘ida eng yaxshi milliy resurslarni qo‘llab-quvvatlovchi Milliy «UZ» domeni internet-festivalining tashkilotchilaridan biridir.

Jurnalimiz faoliyati bilan Uznet rivojiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan baxtiyormiz. 2005-yildan boshlab, jurnalimiz Milliy «UZ» domeni internet-festivalining bevosita koordinatori va tashkilotchilaridan hisoblanadi.

Amalga oshirilayotga ayrim loyihalarni mamlakatimizda yuqori mavqega ega bo‘lgan tashkilotlar Fond Forum va «Kelajak ovozi» YOTM bilan hamkorlikda hamda ularning qo‘llab-quvvatlashi asosida o‘tkazayotganimizdan xursand ekanligimizni ta’kidlab o‘tish zarur.

Jurnalimizda mualliflik maqolalari yoritiladi, 10 yil mobaynida nashrimiz sahifalarida 300 nafardan ortiq mualliflar tomonidan 4500tadan ortiq maqola va materiallar chop etildi. Mualliflarimiz qatorida oddiy fuqarolar, talabalar, magistrantlar, professor va akademiklar, sohaning yetakchi IT-kompaniyalari rahbarlari o‘rin olgan. Har bir muallif jurnalimizning jurnalxonlar ko‘ngligan o‘z o‘rnini topishi va mavqega ega bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan, shu boisdan ham, InfoCOM.UZ jurnali sahifalarida yoritilgan materiallar — mualliflik maqolalari deb faxr bilan ayta olamiz.

Mana 10 yil mobaynida bosma versiyamiz har oyning natijalariga asosan chop etiladi. Faol internet-versiyamiz har kuni yangilanadi. Bugungi kunda jurnal saytida o‘zbek va rus tillarida 12 000tadan ortiq materiallar berilgan. Ularni kuzatib mamlakatimiz va jahonda keyingi 10 yil mobaynidagi AKT tarixi bilan tanishish mumkin.

Xulosa qilib, jurnalimizni uzoq yillab mobaynida qo‘llab-quvvatlab kelayotgan jurnalxonlarimiz, hamkorlar, ta’sischilar va reklama beruvchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz. Biz siz uchun ishladik va ishlaymiz. Rahmat, qutlug‘ sana bilan barchangizni tabriklaymiz!!!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq