“Bilayn” “Yangi O!” tarifidan boshqa tarif rejalariga o‘tish uchun to‘lovni 10 barobar pasaytirdi
23.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) “Yangi O!” tarifidan boshqa tarif rejalariga o‘tish narxi $10 dan $1 gacha pasaytirilganligi haqida xabar beradi. Aksiyaning amal qilish muddati – 2012 yil 22 noyabrdan 2013 yil 10 yanvargacha.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Joriy haftada biz “O!” tarifi shartlarining o‘zgarganligi haqida e’lon qildik. Shubhasiz, ko‘pchilik “Yangi O!”ga o‘tishni va tarmoq ichida bepul muloqot qilishda davom etishni istaydi. Boz ustiga, “O!” abonentlari uchun mazkur o‘tish mutlaqo bepul. Agar ilgari kimnidir “Yangi O!”dan ketisga bo‘lgan yuqori narx to‘xtatib turgan bo‘lsa, hozirda uning narxi qolgan tariflarga moslashtirildi va 1 dollarga tenglashtirildi. Shunday ekan, endi barchada “Bilayn”ning noyob taklifini baholash imkoni bor”.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq