“Bilayn” “O!” va “O! Bonus!” tarifidagi abonentlarga “Yangi O!” tarifiga o‘tish uchun to‘lovni bekor qildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) 2013 yil 10 yanvardan “O!” va “O! Bonus!” tarifidagi abonentlarga “Yangi O!” tarifiga o‘tish uchun to‘lovni bepul qilganligi haqida xabar beradi.

“Biz “O!” tarifi shartlarining o‘zgarishi nuqtai nazaridan qabul qildik, – deydi Unitel Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Tarmoq ichida keyin ham muloqot qilishni istagan mijozlar uchun biz ushbu imkoniyatni mutlaqo bepul taqdim qilmoqdamiz: “Yangi O!” tarifi bilan ularda “Bilayn” abonentlari bilan muloqot qilish uchun yanada ko‘proq vaqtlari bo‘ladi.

“Yangi O!”ga *110*565# kodini tergan holda o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system