«Bilayn» shartlarini o‘zgartirmoqda. Nega?
21.11.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Kecha «Bilayn» uyali aloqa operatori eng ommalashgan «O!» tarifi shartlarini o‘zgartirilshi haqida e’lon qildi. Belgili hodisa: ehtimol, 17 iyuldan beri ilk bor eng yirik operator tariflarni oshirishga kirishdi – deyarli darhol abonentlik bazasi keskin ravishda 9 229 000 kishiga qadar o‘sgani haqidagi hisobot nashr qilnganidan so‘ng. 30 noyabrdan abonentlarni aniq nima kutmoqda? Binobarin, tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqning ikkinchi daqiqasi yarim sentga oshib $0,015 ni tashkil qildi, so‘zlashuvlarning barcha qolgan daqiqlari esa (oldin bepul bo‘lgan) endilikda $0,01 ga tushadi.

Bu qadam nimani anglatishi to‘g‘risida aniq bir narsa deyish qiyin, biroq, bir nechta variantlarni ko‘rish mumkin.

Shubhasiz, ko‘pchilik abonentlar hayoliga darhol keluvchi 1 variant: «Bilayn» ko‘proq pul ishlashni istaydi. Biroq, mulohazali yondashuvda bu faraz tanqiddan holi: ushbu maqsadga erishining ko‘plab nozik usullari mavjud va, shubhasiz Vimpelcom marketologlari ulardan xabardor. Bundan tashqari, III chorak yakunlari bo‘yicha «Bilayn»ning O‘zbekistondagi daromadi 137 million dollarni tashkil qildi, shuning uchun kompaniyaning mablag‘dan muammosi yo‘q.

2 variant: operator qo‘shimcha sarmoyalar uchun imkoniyatlarni izlamoqda. Faqatgina 2011-2012 yillarda «Bilayn»ning mamlakatmizdagi kapital xarajatlari 300 million dollarni tashkil qilganligi hisobga olinganda, haqiqatga to‘la mos keladi. 15 noyabrda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Unitel tijorat direktori Unitel Dmitriy Grigorev iyul-sentabrda kompaniya yangi uskuna sotib olish uchun qo‘shimcha ravishda 20 million dollar ajratganligi ta’kidladi. Biroq, mazkur fikrni baholashda investitsion dastur oldindan tayyorlanishi va noyabrda — moliyaviy yilning yakuniga sanoqli haftalar qolganida to‘g‘rilanmasligini yodda tutish lozim. Xuddi o‘sha matbuot anjumanida, shuningdek “Yorqin yangiliklar” – “Bilayn”ning yangi teleproekti efirida tarmoqdagi qiyinchiliklarning o‘sishi tufayli 500 ta yangi asosiy stansiyalarning qurilishi haqida aytilgan.

O‘rni kelganda aytish lozim, keiyngi oylarda ko‘p marotaba tilgan olingan aynan shu qiyinchiklar oxirgi hodisalar paytida haqiqatga juda yaqin bo‘lib tuyuladigan uchinchi fikr yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi.

Shunday qilib, 3 variant. Vimpelcom chorak hisobotidan aniq bo‘lishicha, MoU ko‘rstakichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar) bir chorak davomida 25% ga, 543 daqiqaga qadar o‘sgan. Abonent bazasining shiddatli o‘sishi hisobga olinganda, ushbu holat “Bilayn” texnik xizmatlari mashaqqat bilan uddasidan chiqayotgan misli ko‘rilmagan qiyinchiliklarni oldindan belgilab qo‘ydi. Operator shu bilan kurashayotgani yo‘qmi? Ehtimol, aynan shu bilan, chunki bu kabi harakat “Bilayn” e’lon qilgan va xizmatlarning yuqori sifatini qaytarishga yo‘naltirilgan strategiyaga to‘la mos keladi.

«Bilayn» hurmati, ta’kidlash joiz-ki, u mijozlarni yuzaga kelgan fakt oldiga qo‘ymadi: «O!» abonetlariga yangi yo‘lga qo‘yilgan “Yangi O!” — birinchi qarashda atigi oldingisining nomiga yaqin ustki qavat bo‘lib tuyuladigan tarif ko‘rinishidagi qiziqarli muqobil imkoniyat taqdim etildi. Aslini olganda yangi taklifning mexanikasi mutlaqo boshqacha: abonentlarga hisobni $2 to‘ldirish evaziga sovg‘a tariqasida bir hafta davomida tarmoq muloqot qilish uchun 200 daqiqa beriladi. Shunga yaqin bo‘lgan loyiha 2009 yilda “Bilayn”ning “Xit” tarifida ham amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, aniq bo‘lishicha “O!” tarifi abonentlariga 22 noyabrdan “Yangi O!”ga o‘tish uchun to‘lov bekor qilinadi. Bu ham bizning fikrimiz foydasiga xitzmat qiladi. Va oxirgisi: yaqin kunlarda «Yangi O!» dan chiqish uchun o‘rnatilgan yuqori narxning bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Umuman olganda, yaqin kunlarda eng kamida bitta operatorning keyingi paytlarda qator holatlar tufayli kamchiliklari mavjud bo‘lgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan g‘ayratli sa’y-harakatlarini kuzatamiz. Kamchiliklar – bu, kamida biz o‘rgangan holatlar. Va, agar buning uchun kamrok gapirish talab qilinsa – biz bunga chidaymiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq