“Bilayn” O‘zbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilaridan biri sifatida e’tirof etildi
16.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) SuperJob.uz nufuzli rekruting portali versiyasi bo‘yicha “O‘zbekistondagi jozibali ish beruvchi” nomiga sazovor bo‘ldi. Ish qidiruvchilarning “Bilayn” taklif qilgan bo‘sh ish o‘rinlarga bo‘lgan ijobiy murojatlari tufayli kompaniya ushbu faxriy nominatsiya bo‘yicha yagona operatorga aylandi.

“Bilayn” – O‘zbekiston mehnat bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri, shuningdek bizning ko‘p yillik hamkorimiz hisoblanadi, – deydi SuperJob.uz ijrochi direktori Nikolay Shkutov. – Ushbu yorqin kompaniya jozibali hamda mas’ul ish beruvchi sifatida foydalanuvchilarning har tomonlama e’tirofiga ega bo‘lganligi xabar qilish biz uchun yanada quvonarli hol”.

SuperJob.uz 2009 yildan beri mehnat bozorida tadqiqot olib boradi. Kundan-kunga Internet orqali xodimlarni qidirayotgan kompaniyalarning soni ortmoqda, bu o‘z navbatida talabgorlar tomonidan qiziqish ortishiga xizmat qilmoqda. 2011 yilda www.superjob.uz da 1554 ta ish beruvchi ro‘yxatdan o‘tgan va 17805 ta rezyume joylashtirilgan bo‘lsa, 2012 yil 1 noyabr holatiga esa ushbu raqamlar tegishli ravishda 2160 va 22162 ni tashkil qildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Xodimlar bilan ishlash hamda tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Marina Ushankova quyidagilarni qayd qildi: “Ochiqlik va shaffoflik, shu jumladan xodimlarni tanlashda ham doimo kompaniyamizning farqli tomoni hisoblanib kelgan. Hosil bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari darhol “Bilayn”ning rasmiy saytiga, shuningdek shu mavzuga oid yetakchi resurslarga joylashtiriladi. Biz ushbu sifatlarni yuqori baholagan talabgorlardan minnatdormiz va keyinchalik ham ularning ishonchini oqlaymiz”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq