Ucell FIDE Gran-prisining Toshkentdagi bosqichi homiysiga aylandi

Ucell 21-noyabrdan 5-dekabr sanasiga qadar Toshkentda ilk bor sayyoramizning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o‘tkaziladigan Xalqaro shaxmat federatsiyasi Gran-pri turnirining navbatdagi bosqichi homiysiga aylandi.

Quvonarlisi, dunyoning yorqin shaxmat shaharlari turkumiga O‘zbekiston poytaxti – Toshkent ham kirdi. FIDE’ning navbatdagi bosqichi bu – turnir bo‘lib, shaxmat dunyosida eng muhim voqea sanaladi. FIDE Gran-prisining birinchi bosqichi Londonda 21-sentabrdan 3-oktabrga qadar o‘tkazilgan. Endilikda 12 nafar eng kuchli grossmeysterlar Toshkentda katakli maydonda uchrashadilar. Qolgan bosqichlar Lissabon, Madrid, Berlin va Parijda o‘tkazilinadi, faqatgina barcha turnir yakunlari bo‘yicha g‘olib amaldagi jahon chempioni – Hindistonlik grossmeyster Vishvanatan Anand bilan uchrashadi.

Turnirni FIDE, Fond Forum va O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi Ucell kompaniyasining homiylik ko‘magida tashkil etadi.

«FIDE Gran-prisining bosqichi kabi nufuzli turnirning hamkoriga hamda homiysiga aylanish Ucell uchun katta sharafdir, — deya mazkur tadbirni izohladi Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov, – Shaxmat ikki ming yillik tarixga hamda butun dunyo bo‘ylab millionlab ixlosmandlarga ega. Mazkur o‘yin o‘z mazmun-mohiyati bilan o‘yin doirasidagi qarama–qarshilik, san’at va xayoliy tasavvurni, murakkab vaziyatlar va xilma-xillik xususiyatiga ko‘ra esa butun bir ilm olamini ifoda etadi. Mazkur turnirni Ucell tomonidan qo‘llab–quvvatlanishi, kompaniya respublikamizni jahon sport maydonlaridagi nufuzi haqida qayg‘urishini yana bir bor tasdiqlagan holda O‘zbekistondagi millionlab shaxmat ixlosmandlarini mazkur qiziqarli o‘yinlar guvohiga aylanishlari uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi».

Turnir o‘yinlaridan tashqari, turnir doirasida xalqaro darajadagi grossmeysterlar bilan O‘zbekistonning eng kuchli sportchi yoshlari ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

«Biz o‘zining yorqin va esda saqlanib qoluvchi o‘yinlari bilan tomoshabinlar e’tiboriga sazovor bo‘lgan turnir ishtirokchisi qo‘lga kirituvchi maxsus mukofot — «Ucell-master» unvonini ta’sis etdik. Gran-prining Toshkentdagi bosqichi yakunlariga ko‘ra Ucell kompaniyasining Bosh direktori Ali Agan O‘zbekistonlik ishqibozlarning eng yaxshisi bo‘lgan shaxmatchiga o‘z sovg‘asini topshiradi», — mazkur turnir uchun tayyorlangan kompaniyaning kichik sirini ochar ekan, yuqoridagilarni ta’kidladi Davron Azizov.

FIDE Gran-prisining bosqichiga Ucell tomonidan homiylik ko‘magi – bu kompaniyaning yuqori jamoatchilik faolligining yana bir tasdig‘idir. Sababi kompaniyaning faoliyati mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, xuddi shaxmatdagidek: ko‘p qirralik, oqillik va oliyjanoblik kabi shaxmat taxtasi kataklariga jo etish mushkul bo‘lgan xususiyatlarga ham egadir.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system