“Bilayn” iyuldan sentabrga qadar O‘zbekistonda tarmoqni rivojlantirishga 20 million dollar sarmoya kiritdi

2012 yil 14 noyabr kuni telekommunikatsion xizmatlarining eng yirik xalqaro provayderlaridan biri Vimpelcom Ltd (“Bilayn” savdo beligisi) III chorak uchun o‘zining moliyaviy va amaliyot bo‘yicha natijalarini e’lon qildi.

2012 yilning III choragida “VimpelKom”ning O‘zbekistondagi daromadi 137 mln AQSH dollarini tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 88% ko‘p.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi amaliyoti bo‘yicha sof daromadi 2011 yilning uchinchi choragiga nisbatan 88% o‘sib (73 mln dollardan), 137 mln AQSH dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonda yil davomida EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi hamda aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan amaliyot bo‘yicha foyda) 123% o‘sdi ($35 mln dan $77 mln gacha). Bunda operatsiyalarning marjinallligi 8,9 foizlik punktga o‘sib, 56,2% ga yetdi.

Abonentlik bazasi uch oy davomida 2 198 000 ta foydalanuvchidan iborat shiddatli o‘sishni namoyon qildi (yildan yilga 31% o‘sish). Shunday qilib “Bilayn” mobil aloqasi abonentlarining soni uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha 9 229 000 kishini tashkil qildi. Bir oy davomida bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rta hisob (ARPU ko‘rsatkichi) 26% o‘sib, $5 ga yetdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oy davomida bitta abonent uchun sarflangan daqiqalar miqdori) chorak davomida 25% o‘sdi (aprel-iyundagi 433 daqiqaga nisbatan 543 daqiqa).

“Uchinchi chorakda biz jiddiy xatarlarga duch keldik va, eng avvalo, bu iyulda boshlanib, shu kunga qadar davom etayotgan tarmoqqa bo‘lgan misli ko‘rilmagan nagruzkalar bilan bog‘liq. “Bilayn” ushbu davr mobaynida 2 198 000 ta – O‘zbekistonnning istalgan boshqa operatoriga nisbatan ko‘p yangi abonentlarni qabul qildi, bu albatta tizimlarimiz faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Shubhasiz, oxirgi oylardagi katta investitsiyalar “Bilayn” mijozlarini xizmatlar an’anaviy yuqori sifati pasayishini hisobga olingan holda aloqa bilan ta’minlashda katta rol o‘ynadi. Biroq, bundan tashqari iyuldan boshlab biz qo‘shimcha uskuna sotib olish uchun qariyb 20 million dollar mablag‘ yo‘naltirdik. Ayni paytda ushbu asosiy stansiyalarni ishga tushirsh bo‘yicha jarayonlar boshlandi va yaqin kunlarda hamma ijobiy o‘zgarishlarni his qiladi”, – chorak yakunlarini sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

“VimpelKom Ltd.”ning birlashgan daromadi III chorakda 5,7 milliard AQSH dollari darajasida saqlanib qoldi. EBITDA 2,5 milliard AQSH dollari miqdorida belgilandi, EBITDA birlashgan marjasi esa 44% ga qadar o‘sdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system