“Yangi O!” tarifi “Bilayn” tarmog‘i ichida bepul muloqotni sovg‘a qiladi
13.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Yangi O!” tarif rejasi ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda hisob har safar $2 ga to‘ldirilganida mijozga bir hafta davomida “Bilayn” abonentlari bilan bepul muloqot qilish imkoniyati taqdim etiladi. Bunda balansdagi mablag‘larni aloqaning barcha xizmatlariga sarflash mumkin.

“Yangi taklifning asosiy farqi – “Bilayn” tarmog‘i ichida bepul muloqot, bu butun mamlakat bo‘ylab millionlab odamlar, – deydi Unitel MCHJ Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Abonentlarimizga endilikda muloqot qilish bemalol, o‘z mablag‘larini esa ular kompaniyaning boshqa xizmatlariga sarflashi mumkin”.

“Yangi O!” tarifida tarmoq ichidagi bepul chiquvchi daqiqalar miqdori — haftasiga 200. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq