“Bilayn” ballarni Beeline Club bonuslariga almashtirish imkonini qayta taqdim etadi
12.11.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Beeline Club dasturi doirasida bonus ballarni almashtirish imkoniyati qayta taqdim etilganligi haqida xabar qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Keyingi paytlarda biz jiddiy ravishda tarmoq hajmini, shuningdek IT-platformani kengaytirdik. Bu bizga “Bilayn” abonentlariga ilgarigi imkoniyatlarni qaytarish imkonini berdi. Deyarli ikki hafta oldin biz qaytatdan “Ishonchli to‘lov” servisini ishga tushirdik, endi esa Beeline Club foydalanuvchilarini ham yaxshi yangiliklar bilan xursand qilmoqdamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Clubda ishtirok etish bonusli ballarni to‘plab, ularni GPRS-paketlar, mahalliy va xalqaro SMS hamda bepul daqiqalarga almashtirish imkonini beradi: qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS, rasm va musiqalarni xarid qilish uchun sarflangan har $1 evaziga abonentga 5 balldan beriladi. Beeline Club ishtirokchisiga aylanish uchun *777# bepul kodni terish lozim. Ulanishda ilk 20 bonusli ballar sovg‘a tariqasida taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq