Ucell Marketing va PR’da yetakchi ekanligini yana bir bor isbotladi

«Ucell» mobil aloqa operatori “Marketing, reklama va PR” Birinchi Toshkent xalqaro forumining ikkinchi kunida o‘tkazilgan «Reklama mahsulotlari va brendlar» ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ma’lumki, Ucell Forumning bosh hamkori bo‘lib, muvofiq ravishda ko‘rgazmada Ucell ekspozitsiyasi diqqat markazida bo‘ldi. Brendning qiymatini yana bir bor namoyish etish ko‘rgazmaning bosh maqsadi bo‘lib, kompaniya ham har doimgidek mazkur tadbirni o‘tkazishga katta mas’uliyat bilan yondashdi. Bu kabi tadbirlarda ishtirok etish orqali kompaniya yuqori samaralarga erishish maqsadi bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida TeliaSonera Eurasianing tijorat loyihalari bo‘yicha Vitse-Prezidenti Annet von Koskull ishtirokchi va tashrif buyuruvchilarga qutlov nutqi bilan yuzlandi. Annet von Koskull Ucell kompaniyasi bosh hamkori sifatida ishtirok etganidan g‘oyat mamnun ekanligini bildirdi hamda TeliaSonera kompaniyasining O‘zbekistondagi bo‘linmasi bo‘lgan Ucell kompaniyasi marketing sohasida to‘g‘ri strategiyani olib borayotgani, noodatiy qarorlar qabul qilayotganini qayd etgan holda korporatsiya O‘zbekistondagi brendini yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun kelgusida sarmoyalar kiritish niyatida ekanligini ham bildirdi.

Ucell’ning an’anaviy ekspozitsiyasi ko‘rgazmada eng ko‘p tashrif buyuruvchilarni jalb etdi. Kompaniya e’tiborini interfaollika hamda stend qarshisiga kelganlar bilan maksimal darajada muloqot qilishga qaratib, shuningdek, ko‘rgazmada bir nechta aksiyalarni o‘tkazdi. Marketing strategiyalari ishlanmalari hamda Forumning birinchi kunida brendni muvaffaqiyatli rivojlantirish sirlari to‘g‘risidagi Annet von Koskullning ma’ruzasini davom ettirgan holda mahalliy bozordagi xorijiy brendning muvaffaqiyatli o‘rnashuvi haqidagi taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, kompaniyaning eng yaxshi shiori (slogani) va eng yaxshi reklama g‘oyasi tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Internetda e’lon qilingan “Eng yaxshi maxsus muxbir” tanlovining yakunlari keltirilib, g‘oliblarga ZTE F160 brendidan telefon va MF631V ning ikkita 3G modemi topshirildi.

Shundan so‘ng albatta, sahnada quvnoq raqslar ham bo‘ldi! Hech bir narsa musobaqalashish, o‘zini namoyon etish imkoni, shu bilan birga, quvnoq sovg‘alarni olish kabi yoshlarni o‘ziga jalb eta olmaydi. G‘oliblar Ucell’dan futbolkalar, kepkalar, chiroyli binafsharang kurtkalar, zamonaviy ryukzaklar va 3G modemlarni qo‘lga kiritdilar.

«Bu kabi yo‘nalishga ega ko‘rgazma ilk bora o‘tkazilishi, biz brendimizning ixlosmandlari bilan yana bir bor muloqot qilish, ular haqida qayg‘urayotganimizni namoyish etish va kompaniyamizning ijobiy imijini qo‘llab–quvvatlash imkoniyati mavjud bo‘lganidan mamnunmiz, — deya tadbirdagi ishtirokini izohladi Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov. – Brendlar ko‘rgazmasi an’anaga aylanishi hamda yagona brend ostida birlashgan eng kuchli xalqaro kompaniya TeliaSonera oilasining a’zosi sifatida Ucell imtiyozga ega ishtirokchi kabi qatnashishiga umid qilamiz».

Ucell ekspozitsiyasi ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan munosib baholanib, «Brend g‘oyasining eng yaxshi timsoli» diplomiga sazovor bo‘ldi. Kompaniyaning bu kabi ommaviy imij yaratuvchi tadbirlardan biri bo‘lgan «Reklama mahsulotlari va brendlar» ko‘rgazmasida ishtirok etishi Ucell kompaniyasi abonentlari hamda butun O‘zbekiston aholisiga biznesning barqarorligi, yuqori e’tibor va mijoz haqida doimiy g‘amxo‘rligini namoyon etadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system