Ultrabuklar savdosi kutilgandek bo‘lmadi
06.11.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

IHS iSuppli analitik kompaniya tadqiqotlari ko‘rsatishicha, ultrabuklar yetkazib berilishi hajmlari ekspertlar taxminlarini oqlamadi. Yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sabablari sifatida manba ushbu qurilmalar narxlari juda yuqori ekanligini hamda iste’molchilarga ultrabuklarning boshqa mobil qurilmalarga nisbatan ustunliklarini yaqqol ko‘rsatuvchi va uni qiziqtiruvchi samarali marketing siyosati yo‘qligini ko‘rsatadi.

IHS iSuppli 2012-yilda taxminan 10,3 mln ultrabuklar savdoga chiqarilishini taxmin qilmoqda. Avvalda ushbu ko‘rsatkich 22 mln. ni tashkil etishi taxmin qilingan edi. 2013-yilga ham taxminlar 61 dan to 44 mln.gacha o‘zgartirildi.

Hozirgi kunda ultrabuklarning narxlari o‘rtacha $1000 tashkil etadi. Analitiklar bozorning ommaviy segmentiga kirib borish uchun ushbu qurilmalarning narxi $600 gacha pasayishi kerak deb hisoblaydilar. Agar ishlab chiqaruvchilar Windows 8 boshqaruvi ostida ultrabuklarni arzon narda savdoga chiqara olsalar unda 2013-yilda muvaffaqiyatga erishishlari aniq. Agar ularning narxlari hozirgi darajada qoladigan bo‘lsa yoki sezilarsiz pasaysa, unda natijada achinarli bo‘ladi.

Intel kompaniyasi 2013-yilda Haswell protsessorlari ishlab chiqarilishi bilan ultrabuklar sohasi jadal rivojlanishiga imkoniyat paydo bo‘ladi deb ishonadilar.

Manba: www.digitimes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq