Ucell — O‘zbekistonda marketing, reklama va PR sohasida yetakchilardan biri

«Ucell» savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatini taqdim etuvchi «COSCOM» MCHJ XK “Marketing, reklama va PR” Birinchi Toshkent Xalqaro Forumining bosh hamkoriga aylandi.

«SAIPRO Axborot-reyting agentligi» tashkillashtirgan forum joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tyapti. Amaliy marketing, reklama va PR-kommunikatsiyalarning bu kabi keng ko‘lamli mavzular majmui, innovatsiyalar, tajriba va muvaffaqiyatlarini qamrab olgan bu kabi tadbir respublikada ilk bor o‘tkazilmoqda.

Ucell kompaniyasi faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari sifatida doimo innovatsiyalashuv, taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati va sonini doimiy oshirishga intilish, shuningdek, yuqori ijtimoiy faollik bo‘lib kelgan.

Mazkur Forumda bosh hamkor sifatida ishtirok etish binafsharang brend yetakchilik sifatlarining yana bir tasdig‘idir. Forumning faxriy ishtirokchisi sifatida mehmonlarni «COSCOM» MCHJ XK Marketing departamenti direktori Hikmatulla Nasriddinxodjayev qarshiladi. O‘z so‘zida: Ucell kompaniyasi eng yuqori natijalarga erishgan xalqaro va milliy brendlar vakillarini jamlagan Forumning bosh hamkoriga aylanganidan g‘oyat mamnun ekanligini bildirdi. O‘zini hurmat qilgan har qanday brend doimo o‘zining yuqori faoliyat imiji haqida qayg‘urishi lozim. Shu sababli ham bunday tadbirlar – o‘z mijozlari, hamkorlari va keng jamoatchilikka o‘zi to‘g‘risida e’lon qilish uchun yana bir imkoniyatdir. O‘z so‘zlarining isboti sifatida Ali Agan bugungi kunda 9,5 milliondan ortib ketgan abonentlar soni, investitsiyalar qiymati va to‘langan soliqlar miqdori kabi kompaniyaning jadal o‘sish sur’atlarini ko‘rsatuvchi raqamlarni keltirdi.

Shubhasiz, Ucell ayni vaqtda mobil aloqa bozorining yetakchisiga aylanganining sababi millionlab O‘zbekiston aholisining ishonchi, hurmati va muhabbatiga sazovor bo‘lish imkonini bergan kompaniyaning puxta o‘ylangan marketing strategiyasidir. Shu sababli ham TeliaSonera korporatsiyasining bir qismi bo‘lgan Ucell kabi kompaniyaning tajriba almashish va o‘rtoqlashish uchun sabab bor. Forumda «Xalqaro brendlarning samarali menejmenti hamda mahalliy bozorlardagi xalqaro brendlar uchun strategik takliflar» mavzusidagi ma’ruza bilan TeliaSonera Eurasia (Shvetsiya) ning tijorat loyihalari bo‘yicha Vitse-Prezidenti Annet von Koskull so‘zga chiqdi. TeliaSonera kompaniyasi bir asrdan ortiq tarixi, o‘z an’analari, yutuqlari hamda Yevropaning shimoliy dengizlaridan bulutlar ortiga berkingan Tibet cho‘qqilariga qadar ma’lum bo‘lgan brendi bilan g‘ururlanishga haqli. Kompaniyaning yetakchi marketologidan mahorat darsi juda mazmundor va qiziqarli o‘tdi. Rebrending jarayoni, xizmatlar sifatini oshirishni, va tabiiyki, mijozlarning xohishlarini hisobga olish juda muhimligi to‘g‘risida aytib o‘tdi. «Brend ko‘rkam, qudratli, hammabop va mehribon bo‘lishi shart», — o‘z nutqini izohladi Annet von Koskull.

Bu kabi tadbirlar xalqaro kompaniyalarning tajribalarini o‘zlashtirish, ma’lumot va fikrlar almashish, istiqbolli hamkorlar bilan yangi xizmat aloqalarini shakllantirish imkonini kengaytirish uchun zarurdir. “Marketing, reklama va PR” Birinchi Toshkent Xalqaro Forumining bosh hamkori sifatida Forumda yetakchi o‘rinni egallagan Ucell yana bir bor TeliaSonera xalqaro brendining ishonchlilik va faoliyat nufuzini namoyish etish imkonini berdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system