Toyota uy yordamchisini ishlab chiqdi

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi qariyalarga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan yangi robotni taqdim etdi. HSR (Human Support Robot) nomli model, misol uchun, tushib ketgan predmetni yerdan ko‘tarishi yoki pardani ochishi mumkin. Robot planshetli kompyuter oddiy grafik interfeysi yordamida boshqariladi. HSR robotida foydalanuvchiga Skype yoki boshqa shu kabi servislar orqali qarindoshlari va do‘stlari bilan muloqot qilishga imkon beruvchi o‘z planshetnigi ham bor.

Robot taxminan 77 sm uzunlikdagi qo‘liga ega, uning yordamida robot turli oddiy vazifalarni bajarishga qodir. Teleskopik tanasi hisobiga HSR balandligi 80 sm. dan to 1,3 metrgacha o‘zgarishi mumkin. Robot kam energiya iste’mol qiladi va odam bilan tasodifan to‘qnashib ketmaslik uchun sekin (3 km/soat) harakatlanadi.

Manba: www.gizmod.ru

Orphus system